So’nggi yangiliklar

09:27Саудия клублари Роберт Левандовскига даҳшат сумма таклиф қилишган  0 08:58"Бавария" нархни 60 миллион еврога оширди  0 08:29"Барселона" футболчисини 60 миллион еврога сотишга тайёр  0 08:00Луис Энрике: "Бу адолатли ёки йўқлигини билмайман"  2 07:31Here we go! "Ливерпуль" яна бир транферни ҳал қилди  2 07:00Суперлига. "Бухоро" "Хоразм" билан дуранг ўйнади, "Сурхон" эса ўз майдонида "Бунёдкор"ни ишончли ҳисобда енгди  1 02:15ПСЖ ўйинда ва пенальтилар сериясида камбэк амалга ошириб, УЕФА Суперкубогини қўлга киритди!  32 00:55Рэшфорд "Барса" ҳақида: "Англиядан фарқли ўлароқ, бу ерда ҳамма нарса шиддатли"  13 00:36Февзи Давлетов: "Гол ўтказиб юборганимизда жаҳлим чиқди"  3 00:20Иньиго "Ал Насср"га ўтиши ҳақида: "Бундай таклифни кўрганда ишона олмадим"  4 00:02Илёс Зейтуллаев: "Мағлубиятдан тўғри хулоса чиқаришимиз керак"  2 23:39Ҳаким Фузайлов: "Баҳс давомида яққол устунлик қила олмадик"  0 23:35Виктор Карпенко: "Руҳан тикланиб олсак, юқорига кўтариламиз"  5 23:01ЕКЛ саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Викинг"дан икки ўйин натижасига кўра устун келди ва кейинги босқичга йўл олди. Шомуродовдан ассист!  23 22:46"Қайрат"га бир қадам қолди. ЕЧЛ саралашининг сўнгги босқичи қандай кўриниш олди?  16

Avstraliya ikkinchi o'yinda ham yirik g'alabani qo'lga kiritdi Yangiliklar

Avstraliya ikkinchi o'yinda ham yirik g'alabani qo'lga kiritdi

Osiyo Kubogining ikkinchi turiga ham start berildi.
"A" guruhi vakillari Ummon hamda Avstraliya yaterma jamoalarining o'zaro bellashuvini kuzatib bordik.

Osiyo Kubogi 2015
"A" guruhi, 2-tur
Sidney, "Stadium Australia"
Ummon - Avstraliya 0:4
Hakamlar:
Yayuji Sato, Toru Sagara. Toshiyuki Nagi (Yaponiya)
Gollar
: M.Makkay 27, R.Kruz 30, M.Milligan 45+2, T.Jurich 70

Ummon: Al-Habsi, Al-Musalami, Al-Busaidi (Said Al-SHatri 46), Amir, Ovaysi, Al-Farsi, Muborak, Johar, Al-Hosni (Ali Al-Jabri 46), Ibrohim (Ali Salim 88), Al-Maqbali.

Avstraliya: Rayan, Devidson, Sainbury, Spiranovich, Franich, Milligan, Luongo (Tomi Jurich 51), MakKay, Leki (Tommi Oar 77), Kruze, Keyxill (Mark Breshiano 51).

Ogohlantirishlar: A.Muborak 36 - M.Spiranovich 72, J.Davidson 86


                            MATNLI TRANSLYACIYA
                                       YANGILASH

Hakam 4 daqiqa qo'shib berdi.

89. Tommi Oardan kuchli zarbaaa, salgina noaniq.

78.
Ali Al-Habsi ketma-ket ikki marotaba chiroyli seyv qildi.

Jurich to'p kiritganidan so'ng libosi tagidagi yozuvni hammaga ko'rsatdi, ichki maykasida "Onam, otam va ukam" deb yozilgan edi. Yani, u golini oilasiga bag'ishladi.

70. Gooooolll, Tommi Jurich, 0:4. Lekkining super pasidan so'ng to'p kiritdi u.

63. Har ikki jamoa ham tempni tushirishdi, vaziyat bo'lsa gol uramiz, bo'lmasa shu hisob ham bo'laveradi maqomida o'ynayotganday...

51. Ana bo'lmasa, Tim Keyxill va Massimo Luongo almashtirildi. Etakchilar Janubiy Koreyaliklar bilan o'yinga asralmoqda. Keyxill kimda bor? 60 daqiqa o'ynamadi...

48. Robbi Kruzening navbatdagi zarbasi yuqoridan o'tib ketdi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.


Birinchi bo'lim statistikasi

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+2. Goooooollll, Milligan, 0:3. Penaltini aniq amalga oshirgan Milligan hisobni yiriklashtirib qo'ydi, fifa.uz uchun penaltini Tim Keyxill ishladi.

41. Robbi Kruzening zarbasi darvoza ustuniga tegib maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

36. Ahmad Muborak Tim Keyxillni "o'rib" tashlagan edi, hakam uni ayadi va faqatgina sariq kartochka ko'rsatdi.

30. Gooooollllll, Robbi Kruzeee, 0:2. Ummon "sochilish"ni boshlayotganga o'xshaydi. Luongoning pasidan so'ng Kruz ikkinchi to'pni kiritdi.

27.
Goooollll, Makkay, 0:1. Aslida Sainsberi darvozaga zarba bergan edi, Mett Makkay esa uni darvozaga kiritib yubordi.

25
. Avstraliyalik o'yinchi maydon markazida chiroyli harakatlari evaziga uchta raqibni aldab o'tdi.

23. Zarbaaa, Tim Keyxill bosh bilan juda ham xavfli zarba yo'lladi. To'p biroz yuqoridan o'tib ketdi.

22. Ummon vakillari uzun to'p uzatish orqali gol urmoqchi edi, Rayyan sezib qoldi.

19. O'yin tempi biroz tushdi.

17. Avstraliya tashabbusni o'z qo'liga oldi.


O'yindan oldin muxlislarning stadionga oqimi...

11. Gol, lekin sal avvalroq Makkey raqibni turtib yuborgan edi. Keyxilning goli inobatga olinmaydi.

4. Ummon hazillashmayapti, bosimni qarang...

3. Zarbaaa, Ibrohim Solih sal bo'lmasa gol urishi mumkin edi, Metyu Rayyan o'zini ko'rsatdi.

2. Bugun "kengurular" o'zlarining asosiy sardorlarisiz harakat qilishmoqda, Mayl Edinak birinchi tur uchrashuvida kichik jarohat olgani bois bu bahsni o'tkazib yubormoqda.

Uchrashuv boshlandi.


Avstraliya tarkibi


Ummon tarkibi

- Har ikki davlat madhiyalari yangradi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика