Avazbek O'lmasaliev: "Bunyodkor"dagi ichki muhit va o'zgarishlar? Bor etiborimiz yangi mavsumga tayyorgarlikka qaratilgan"
17 jan 2023 13:38
Yangiliklar
Avazbek O'lmasaliev: "Bunyodkor"dagi ichki muhit va o'zgarishlar? Bor etiborimiz yangi mavsumga tayyorgarlikka qaratilgan"
Jamoa himoyachichisi Avazbek O'lmasaliev mashg'ulot jarayonlari va "Al Vahda" bilan o'yin haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Avaz o'quv-mashg'ulot yig'inlari qanday ketyapti, jamoada qanday kayfiyat hukmron?
- Yig'in avval rejalashtirilgandek boshlandi. Jamoada, futbolchilarning kayfiyati zo'r, deb ayta olaman. Oldinda bizni yaxshi jamoalarga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlari kutmoqda. Xalqaro o'yinlar istaymizmi yoki yo'qmi baribir foydali bo'ladi. Xatolar ko'zga tashlanadi.
- "Al Vahda" bilan o'yin haqida fikrlaringiz?
- Raqib o'zi yaratgan bitta imkoniyatdan foydalanib ketdi. Bizda ham gol urish uchun vaziyatlar etarlicha edi. Lekin samara chiqara olmadik. Fikrimcha maydonda tengkurash kechdi. "Al Vahda" yaxshi jamoa ekanligi barchaga malum, ular OCHLda ishtirok etgan, "Bunyodkor" bilan ham ko'p to'qnash kelgan. Umuman olganda tanish raqib. Faqat g'alaba qozona olmaganimiz biroz ranjitdi.

- "Al Vahda"ning ustunligi ko'proq nimada bo'ldi?
- Faqat hisobda ustun keldi. O'yin teng o'tdi.
- Klubdagi o'zgarishlardan keyin ichki muhitda o'zgarish yuz bermadimi?
- Jamoada ichki muhit doim alo bo'lgan, bundan keyin ham shunday qoladi. Biz professional futbolchilarmiz. O'z ishimizni qilishimiz kerak, tamom. Etiborni yangi mavsumga tayyorgarlikka qaratganmiz. Diqqatimizni boshqa narsalar bilan bo'lmasligimiz kerak.
Abdulaziz Iskandarov yozib oldi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar