"Atletiko" sud orqali "Barselona"dan 80 mln. evro undirib olmoqchi
12 iyu 2019 21:15
Yangiliklar
"Atletiko" sud orqali "Barselona"dan 80 mln. evro undirib olmoqchi
Oldinroq, Kataloniya klubi franciyalik uchun "matraschilar"ga 120 mln. evro o'tkazib bergan edi, ammo poytaxt klubi qo'shimcha 80 mln. evro undirib olmoqchi.
"Atletiko"dagilarning fikricha, "Barselona" 1 iyuldan oldin Grizmann bilan shartnoma imzolab bo'lgan. Antuanning narxi 1 iyuldan boshlab 200 mln. evrodan 120 mln. evroga aylanishi kerak edi.
"Bugun Grizmanning advokati LaLiga shtab kvartirasida bo'ldi va bitimni bir tomonlama bekor qildi. U "Barselona" nomida 120 mln. evro to'ladi.
Bizning fikrimizcha, bu mablag' tovon pulini to'lash uchun etarli emas. CHunki "Barselona" va Antuan tovon puli 120 mln. evroga aylanishidan oldin kelishib olishgan.
Bu voqea 14 may kuni, futbolchi klubimizni tark etishini elon qilganida sodir bo'lgan. "Atletiko" o'z huquqlarini himoya qilish uchun ishga kirishdi" - deyiladi madridliklar rasmiy saytida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar