"Atletiko" SHomurodovning jamoadoshiga qiziqmoqda
08 jan 2024 12:37
Yangiliklar
"Atletiko" SHomurodovning jamoadoshiga qiziqmoqda
Italiyaning "Kalyari" klubi yarim himoyachisi Naitan Nandesga Madridning "Atletiko"sidan qiziqish mavjud, deb xabar berdi "Mística Uruguaya".
Xabar qilinishicha, 28 yoshli urugvaylik futbolchining atrofidagilar "Atletiko"ning qiziqishlarini tasdiqlashgan, ular Urugvay terma jamoasi yarim himoyachisi uchun "Inter" bilan raqobatlashishi kerak.
Naitan Nandes joriy mavsum "Kalyari" safida 16 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli pas uzatdi.
Malumot uchun, "Kalyari" jamoasida O'zbekiston MTJ sardori Eldor SHomurodov ijara asosida to'p tepadi. U joriy mavsum 13 ta o'yinda qatnashib, 2 ta golga assistentlik qildi. Hozirda hujumchi milliy terma jamoa bilan Qatarda bo'lib turibdi, ammo jarohati bois yakuniy qaydnomadan tushib qolishi mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar