"Atletiko" prezidenti: "Bizda Grizmanning "Barselona"ga o'tishidagi qonunbuzarlik bo'yicha dalil-isbot bor"
13 iyu 2019 12:57
Yangiliklar
"Atletiko" prezidenti: "Bizda Grizmanning "Barselona"ga o'tishidagi qonunbuzarlik bo'yicha dalil-isbot bor"
"Atletiko" prezidenti Enrike Sereso "Barselona" franciyalik futbolchining transferi bo'yicha "Atletiko" bilan hisoblashmagani va qonunbuzarlikka yo'l qo'yganini takidlamoqda.
Seresoning so'zlariga ko'ra, hujumchining Kataloniya klubi bilan 9 martda kelishib olgani bo'yicha malumot mavjud. CHunki 120 million evrolik tovon puli haqidagi shartnoma 1 iyuldan kuchga kirishi kerak edi.
"Klub shunday bayonot bergan ekan, unda bizda bu bo'yicha dalil-isbot bor. Biz hamma narsani o'rganib chiqishimiz, shundan keyin esa kerakli miqdorni talab qilishimiz kerak", - deydi "Atletiko" prezidenti.
Eslatib o'tamiz, "ko'k-anorranglilar" 28 yoshli Antuan Grizmanning transferini 1 iyuldan keyin elon qilishlariga sabab 80 million evroni tejab qolishdan iborat bo'lgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Суперлига. "Шўртан" голларга бой ўйинда ОКМКни мағлуб этди
ЎзФҲМ Найим Қосимовга финалдаги ҳаракатлари учун неча баҳо қўйгани маълум
Fikrlar