So’nggi yangiliklar

00:49Артета: "Гвардиола футболчи сифатида менинг қаҳрамоним эди. У билан ишлаш ҳаётимдаги энг тўғри қарорлардан бири бўлди"  1 00:45Роналду Globe Soccer талқинига кўра Яқин Шарқда йилнинг энг яхши ўйинчиси бўлишга номзод  3 23:50"Барселона" "Камп Ноу"даги очилиш ўйини учун сюрприз тайёрлаб қўйилганини маълум қилди  2 23:28ЎФА Туркиянинг етакчи қурилиш компаниялари билан учрашув ўтказди. Унда Янги Тошкент Марказий футбол ўйингоҳини бўйича лойиҳалар тақдим этилди  10 23:10"Барселона" 2022/23 йилги мавсумнинг охирида "Бавария"га бонус тўламаслик мақсадида Левандовскидан бошқа гол урмасликни сўраган  2 22:35Фабио Каннаваро: "Сафар энди бошланмоқда, бироқ биз тўғри йўлдамиз"  14 21:51"Бавария" ва "Барса" Гримальдога қизиқиш билдирмоқда  2 21:35Суперлига. "Шўртан" – "Бухоро" 1:1  1 21:09ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон беш поғона юқорилаб, Осиёнинг бешинчи жамоасига айланди  24 20:57Тони Кроос Винисиусни танқид қилди  2 20:36Криштиану Роналду АҚШ президенти Дональд Трамп билан учрашди  19 19:50"Боруссия Дортмунд" форварди уйидан қурол топилди  0 19:28Александр Хомяков: "Бугун ҳаракатнинг ўзи камлик қилди"  1 19:00Италия яна ЖЧ саралашида омадсизликка дуч келди — олдинда ўтиш ўйинлари. Буёғига нима бўлади?   10 18:55Асрор Алиқулов: "Ўз майдонимиздаги охирги ўйинда мухлисларга ғалаба совға қилишни мақсад қилгандик"  1

Asror G'ofurov: "Navoiylik muxlislardan ozgina sabr qilishlarini so'rab qolaman" Yangiliklar

Asror G'ofurov: "Navoiylik muxlislardan ozgina sabr qilishlarini so'rab qolaman"

Bangladesh davlatida chempionlik hamda kubok sohibi aylangan sirdaryolik futbolchi, ayni vaqtda Navoiyning “Qizilqum” klubida to'p tepayotgan Asror G'ofurovga bir necha savollar bilan yuzlandik.

- Avvalo legionerlik faoliyatigiz haqida qisqacha to'xtalib o'tsangiz. CHempionlik hissiyotlari qanday bo'ldi?

- Albatta, so'nggi 3 yilni Bangladesh chempionatida o'tkazdim va chempionlikni qo'lga kiritdim. Qolaversa, jamoamiz kubokni ham yutdi. Qaysi mamlakatda bo'lmasin, chempionlik juda ham yoqimli bo'lar ekan. Bayrog'imizni o'zga davlatlarda yuqorilarga ko'tarish bu har bir sportchining orzusi bo'lsa kerak. 

- Asror G'ofurovning legionerlik faoliyati cho'qqiga chiqayotgan bir pallada uning O'zbekiston Superligasida, ustiga-ustak jon saqlash uchun harakat qilayotgan jamoada paydo bo'lishi qanday ro'y berdi va nimalar sabab bo'ldi?

- Bilasizmi, birinchi navbatda menga ona vatan sog'inchi sabab bo'ldi. Qolaversa, legioner sifatida yuqori natijaga erishib qaytish menimcha yaxshi bo'lsa kerak. Keyin 3 yil mobaynida Bangladeshda bo'ldim. Undan tashqari 6 yil Turkiyada to'p tepdim. Bu kam vaqt emas menimcha, undan tashqari oiladan shuncha vaqt chetda bo'lish qiyin.

-  “Qizilqum”dan tashqari takliflar bo'lmadimi?

- Takliflar bor edi. Asosan Indoneziya, Tailand va Bangladeshning o'zidan ham yaxshi chorlovlar bo'ldi. Lekin yuqorida aytganimdek yurt sog'inchi meni vatanimga qaytardi.

- Asror yana milliy chempionatimizga qaytdingiz va bir necha uchrashuvlarda maydonga tushdingiz. Oldingi va hozirgi paytlarni solishtirsak, Superligada nimalarni o'zgarganini ko'rdingiz yoki nimalar hali hamon o'zgarishsizsiz qolgan?

- Oxirgi yillarda bizning chempionatimizda o'zgarishlar juda ham ko'p. Masalan oldinlari maydonlar qanaqa ahvolda edi, hozir qanday darajada. VAR tizimi futbolimizga kirib kelishi, maydonlarning projektorlari va har bir o'yindan jonli translyaciyalar barchasi futbolimizning anchagina oldinga yurish qilganidan dalolat beradi. 

- Asror G'ofurovni yangi mavsumda yana legioner sifatida ko'ramizmi?

- Bilasizmi men Superligaga qaytishimning asosiy maqsadi unchalik kuchli bo'lmagan chempionatda to'p tepib, o'z formamni sal bo'lsada pastga tushirdim. SHu sababdan ham men O'zbekistonda o'zimni yana qayta kashf qilmoqchiman. SHuning uchun hali boshqa davlatga ketishni reja qilganim yo'q. 

- Asror G'ofurovning navoiylik futbol muxlislariga aytadigan gaplari bormi?

- Bizning sodiq muxlislarga ozgina sabr qilishlarini va biz ularga ko'plab g'alabali onlarni taqdim qilishimizni aytib o'tgan bo'lardim. Albatta ular uchun sevimli bo'lgan jamoasini Superligada, mavsum yakunida yaxshi o'rinlarda ko'rishlari uchun tinmasdan harakat qilayotganimizni takidlagan bo'lardim.

SHoxruh Meylixolov suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика