So’nggi yangiliklar

12:20Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли"нинг мағлубиятсиз серияси 19 та ўйинга етди  0 11:56"Насаф"нинг асосий ҳимоячиси "Ал Ҳилол"га қарши ўйнай олмайди  1 11:38Гол ўтказмаган посбон, "Нефтчи"ни ютган мураббий ва 30 ёшли легионер — Суперлигада 21-турнинг энг яхшилари​  2 11:20Дориев, Норчаев, Яшин, Йўлдошев ва бошқалар... Суперлига 21-тур рамзий терма жамоаси  0 11:04Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиёнинг номдор жамоасига қарши баҳс олиб боради  0 10:38Жаҳон чемпиони 31 ёшида фаолиятини якунлади  4 10:12Goal АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши ҳужумчисини эълон қилди  9 09:45Sofascore. Алиқулов энг яхшиларидан бири бўлди  1 09:18Сентябр-октябрь ойидаги ФИФА кунларига ўзгартириш киритилди. Қарор келаси йилдан кучга киради   2 08:51Ҳусанов рамзий термадан жой олди  7 08:23Пролига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  0 07:55"Ал Аҳли" бош мураббийи: Биринчи бўлимда яхши ўйнашимизга тўсқинлик қилган сабаблар кўп"   11 07:28Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  19 07:25Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" 4:2  5 02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  16

Asror G'ofurov: "Bahrom Haydarov futbolchilardan har bir o'yinda intizom va hujumkorlikni talab qilmoqda" Yangiliklar

Asror G'ofurov: "Bahrom Haydarov futbolchilardan har bir o'yinda intizom va hujumkorlikni talab qilmoqda"

Termizning "Surxon" jamoasi Coca Cola Superliga 4-turida "Mashal"ga qarshi maydonga chiqdi.

Jangovar ruhda kechgan uchrashuvda tomonlar durang natija qayd etishdi(2:2). Biz esa bahsdan so'ng mezbonlarning tajribali futbolchisi Asror G'ofurovning fikrlari bilan qiziqdik.

"Ob-havoning issiqligi ikki jamoaga ham qiyinchilik tug'dirdi. Boshqa tomondan uch oyga yaqin o'yin amaliyotsiz qoldik. Endilikda kirishib olishimizga bir muncha vaqt ketadi. Ha, "Lokomotiv" bilan o'rtoqlik uchrashuvida ham, bugun ham taym o'rtalariga kelib o'yinimiz ochilmoqda. Buni sezdingiz. Dastlabki 15 daqiqa har bir jamoa uchun moslashib olishga sarflanadi. 

Murabbiyimiz mashg'ulotlarda bizdan nima istayotganini tushuntirib bermoqda. Nima kutayotganini ongimizga singdirmoqda. Vaqt o'tishi bilan ular istagan o'yinni ko'rsata olamiz. Bahrom Haydarov bizdan maydonda intizomga amal qilishimizni va hujumkor futbol ko'rsatishimizni talab qilmoqda. Ikkinchi bo'limda iroda ko'rsata oldik va hisobdagi farqni yo'qqa chiqardik. "Mashal" tarkibida iqtidorli yosh futbolchilar to'p tepmoqda. Ularning kelajagi porloq. Muhimi katta tanaffusdan so'ng chempionatni boshlab oldik. Endidikda mashg'ulotlarda o'z ustimizda ko'proq ishlaymiz. Oldinda oson bo'lmagan o'yinlar kutmoqda. Biz har bir bahsda g'alaba qozonishni xohlaymiz",- deydi Asror G'ofurov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика