So’nggi yangiliklar

00:55"Манчестер Юнайтед" ва "Челси" "Ланс" ярим ҳимоячиси учун курашади  0 00:39Англия лига кубоги. ​"Кардифф Сити" – "Челси". Таркиблар маълум  1 00:31Каннаваро, Шомуродов ва Файзиев The Best соврини учун кимга овоз беришди?  4 00:18"Барселона"нинг Испания Кубогидаги учрашуви ярим соатга кечиктирилди  0 00:06Испания кубоги. "Гвадалахара" – "Барселона": Тер Штеген бу мавсумдаги илк ўйинида майдонга тушади  0 23:57"У баскетболчими?" – Рафиньянинг рафиқаси ФИФАни танқид қилди  9 23:35Расман: "Динамо" франциялик ҳимоячи билан шартнома имзолади. Унинг охирги клуби – "Аяччо"  8 23:12Дембеле, Ямал, Беллингем, Пальмер – ФИФА 2025 йилги рамзий терма жамоани эълон қилди  5 22:44Усмон Дембеле ФИФА талқинига кўра йилнинг энг яхши футболчиси деб топилди!  9 22:33The Best: Луис Энрике ФИФА талқинига кўра йил мураббийи деб топилди  2 22:14Сауль: "Реал"нинг мухлислари йўқ. Стадионга борсангиз, ҳеч нарсани ҳис қилмайсиз"  8 21:27Акмал Мозговой Жаҳон чемпионатидаги рақиблар, "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги иштироки ва "Банияс" ҳақида гапирди  0 20:55Мусиала 164 кундан сўнг "Бавария"нинг умумий гуруҳида машғулотларида қатнашди  3 20:25Расман: "Аякс" июль ойидан бери клубсиз бўлган "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзолади  1 19:58Мирзаҳаким Тўхтамирзаев "Интерфутбол" кўрсатувининг яралиш тарихи ҳақида сўзлаб берди  4

Asror Aliqulov: "Raqib himoyalanishimizga majbur qildi" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Raqib himoyalanishimizga majbur qildi"

Superliga 7-tur doirasidagi "Mashal" - "Surxon" o'yinidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

— "Surxon" chempionati startini qiyinroq boshladi, ammo keyinchalik natijalari yaxshilanib bordi. Ushbu jamoa manoli o'yin ko'rsatadi va Superligada to'p bilan eng yaxshi o'ynaydiganlardan biri. Afsuski, o'yinda to'pni nazorat qilmoqchi edik, ammo buni yaxshi uddalaydigan "Surxon"ga topshirib qo'ydik. O'yinchilarimni raqibning pressinglariga qarshi tayyorlagandik, ammo bu ish bermadi. Yarimta yuzaga keltirgan imkoniyatimizdan esa foydalana olmadik. Huddi shunday raqib ham yutib ketishi mumkin edi.


— Ikkinchi bo'limda ko'plab o'yinchilar o'zgartirildi. Bunga qandaydir sabab bormi?

— Birinchidan, o'z imkoniyatimizdan kelib chiqib. Ikkinchidan, "Surxon" o'yinchilari sabab. Masalan, raqib o'yinchilariga mos ravishda o'ynay oladigan o'yinchilarni chiqardik.

— Sizni O'zbekiston terma jamoasidagi o'ynagan yaxshi himoyachi sifatida eslashadi. Odatda futbolchi murabbiy bo'lganidan so'ng odatda o'zi o'ynagan poziciyaga etibor qaratadi. Ammo, "Mashal"da himoyada muammolar ko'zga tashlanmoqda, bugungi o'yin ham bundan mustasno emas. Menimcha, "Surxon"da yaxshi ijrochilarning yo'qligi sabab gol urilmadi.

— Biz "Surxon"ning hujumlariga qarab himoyalanishga harakat qildik. "Surxon" qisqa paslar orqali jarima maydonchamiz ichiga kirishga harakat qilishdi, himoyachilarimiz esa bunga tayyor edi. Jamoaga kelsak, futbolchilarni juda kech yig'dik, shuningdek Superliga startida o'yinchilarni juda ko'p marta markaziy himoyachilarni almashtirdik almashtirdik. Шunday ekan bu borada ish olib borilmoqda, ulardan ham ishonchli o'yin kutib qolamiz.



— 4-5 yildan so'ng Superligaga qaytgan "Mashal" o'z oldiga qanday maqsadlar qo'ygan?

— Yangi jamoa ekanligini hisobga olsak, maqsadimiz ligada o'z o'rnimizni saqlab qolish. Hali davralar oralig'ida selekciya ishlarini olib boramiz va o'z oldimizga qo'ygan vazifani uddalay olsak, keyingi yili o'zimizga yaxshi bo'ladi.

— Oldingi tur doirasidagi "Шo'rtan"ga qarshi o'yinda ham, bugungi "Surxon"ga qarshi o'yinda ham jamoangiz qarshi hujumlarda raqibni jazolashga harakat qildi. Bu Asror Aliqulovning taktikasimi yoki raqibga qarab shunday yo'l tutilmoqdami?

— Avvalo raqibga qaraymiz. Agar siz hujumkor o'yin namoyish etmoqchi bo'lsangiz, sizda markaziy yarim himoyada tezkor va tez fikrlaydigan o'yinchilar kerak. Bugun ham himoyaga yotib olganimiz yo'q, bahsning dastlabki o'n daqiqasida yaxshi harakat qildik. Ammo, keyinchalik to'pni raqibga topshirib qo'ydik va himoyalanishga majbur bo'ldik.

— "Surxon" hujumkor o'yin namoyish etdi, "Mashal" esa qarshi hujumlarga tayandi. Nega "Mashal" ikkinchi bo'limda hujumkor o'yinchilarni tushirgan holda o'yinda burilish yasamadi?

— Tezkor? Шunday o'yinchi bo'lsa jonim bilan tushirardim. Biz o'z imkoniyatimizdan kelib chiqdik.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика