So’nggi yangiliklar

22:16Жорди Альба: "Ямал ва Мессини солиштириш нотўғри"  0 21:54Камолиддин Тожиев: "Мухлисларга ёқадиган ўйин бўлди"  2 21:39Рўзиқул Бердиев "Пахтакор" майдонидаги мағлубиятдан кейин нималар деди?  27 21:21Аденис Шала: "Пахтакор"дан яхшироқ ўйнадик"  4 20:59Игорь Сергеев: "Мавсумни муносиб якунлаш керак"  2 20:39"Сурхон"нинг футболчилари олдида қарзлари бор  11 20:19Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди  164 20:05Суперлига. "Сурхон" – ОКМК 0:0  0 19:47Бьелса Уругвай терма жамоасини тарк этиши мумкин  1 19:18Миржалол Қосимов жамоасининг ушбу мавсумдаги ўйинларига неча баҳо қўйди?  4 19:05Февзи Давлетов: "Бу каби баҳсларда кўп ҳам вазиятлар яратилмайди"  0 18:52Kelme бренди Аёллар Осиё Кубоги-2026 мусобақаси учун расмий тўпни тақдим этди  0 18:25Антони: "Месси ҳар доим менинг кумирим бўлган"  7 17:58Суперлига. ОКМК Термизда ғалаба қозона олмади, "Сурхон" учрашувни 10 киши бўлиб тугатди  4 17:47ЖЧ-2026 Европа плей-офф босқичига қуръа ташланди: иккита мундиални ўтказиб юборган Италия Шимолий Ирландия билан тўқнашади  15

Asror Aliqulov: "Mashal" keyingi mavsum Superligada o'ynamaydi? Bu haqda eshitganimiz yo'q" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Mashal" keyingi mavsum Superligada o'ynamaydi? Bu haqda eshitganimiz yo'q"

Pro liga 27-turidan o'rin olgan "Xorazm" – "Mashal" (0:0) uchrashuvidan so'ng muborakliklar bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"O'yinga kelsak, jangovar va yuqori tempda o'tdi. Ikki jamoa ham yaxshi tayyorgarlik ko'rgani sezildi. Maydon holati sifatli o'yin namoyish etishga imkon bermadi. Ikki jamoa ham uzun paslar bilan o'ynashga harakat qildi. Hisob uchrashuvga mos bo'ldi. G'alabani ko'zlab maydonga tushgandi, ammo o'xshamadi. Keyingi o'yinlarda buni to'g'rilashimiz kerak", – dedi Aliqulov.

- O'yin boshida murabbiy chizmasi o'zgargandek bo'ldi. Futbolchilar murabbiy ko'rsatmalariga qanchalik rioya qildi?

- Birinchi vazifamiz "Xorazm" futbolchilariga bo'shliq yaratib bermaslik edi. Raqib tarkibida Superligada harakat qilgan futbolchilar bor. Qaysidir holatlarda ularning ustunligi sezilib turdi. Himoyani o'ylagan holda o'zimiz ham hujum qilishni ko'zlagandik. Bundan tashqari, bosimlar ham uyushtirib turdik. Biroq hujumda texnik qobiliyatimiz baland emasligi ko'rindi. Umuman olganda, futbolchilarga oxirigacha kurashishgani uchun minnatdorlik bildiraman.

- "Mashal" Superligaga chiqqani bilan tabriklaymiz. Jamoa keyingi mavsumda Superligada o'ynamasligi, chunki ligada 2 ta Qashqadaryo vakili qatnashishi viloyatga qiyinchilik tug'diradi, degan gap-so'zlar tarqaldi...

- Bu narsa haqida eshitganimiz yo'q. Homiyimiz bizni qo'llab-quvvatlayapti. "Mashal" haqqoniy ravishda Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritdi. O'ylaymanki, jamoa Superligaga munosib. Bu xursandchilikni tortib olish noto'g'ri deb o'ylayman.

- Superligada o'zingiz jamoaga bosh bo'lsangiz, "Mashal" o'zagi qanchalik o'zgaradi? 

- Hozir Pro liga va Superliga o'rtasidagi tafovut sezilib turibdi. Sezilib turibdiki, Pro ligadagi ayrim futbolchilar Superligada qo'nim topolmagan o'yinchilardir. Yaxshi saviyaga ega mahalliy futbolchini topish mushkul. SHuning uchun har bir jamoa legionerlar xizmatidan foydalanmoqda. Superliga saviyasi ancha o'sgan. Pro ligadan Superligaga chiqqan jamoa kuchaytirilishi tabiiy hol.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика