So’nggi yangiliklar

18:12Артета "Арсенал"нинг трансфер бозоридаги мақсадлари рўйхатини тузди  0 17:56Расман: "Бухоро" ярим ҳимоячиси энди "Локомотив" шарафини ҳимоя қилади  2 17:43"Бу видолашув эмас, балки янги босқичнинг бошланиши". Шерзод Насруллаев "Насаф" билан хайрлашди  1 17:28Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди  9 17:10Манба: Мареска ишдан бўшатилди  3 16:46Австралиялик бўйдор футболчи Тошкент клубига ўтмоқда  2 16:21Расман: "Пахтакор"да деярли ўйнамаган футболчи "Локо"га қайтди  1 15:50"Локомотив" Қирғиз Республикасининг 2025 йилдаги энг яхши футболчиси билан шартнома тузмоқда  4 15:28Ўзбекистон U-21 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубогида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди  6 15:11"Барселона" ҳомий билан ҳамкорликдан воз кечди  3 14:44"Сурхон" Туркияда йиғин ўтказади  0 14:18Конго ДР ҳужумчиси Марокаш ҳукуматидан норози: унинг чемодани 12 кундан бери топилмайди  1 13:42Салоҳ Римга қайтади?! "Рома"да сенсацион трансфер муҳокама қилинмоқда  1 13:23Раҳмоналиев Россияга қайтадими?  5 12:51"Реал" ёш иқтидорларининг келажаги борасида қарор қабул қилди  0

Asror Aliqulov: "Jamoada kam maosh olayotgan futbolchilar bor, biroq bu bizni xavotirlantirmaydi" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Jamoada kam maosh olayotgan futbolchilar bor, biroq bu bizni xavotirlantirmaydi"

Pro liganing 1-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Qo'qon-1912" (0:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida...

- Pro liga starti bilan barchani tabriklayman. Raqibni yaxshi bilganimiz uchun ularga erkin o'ynashga imkon bermadik. Bugun g'alaba qozonishimiz ham mumkin edi, ammo so'nggi daqiqalarda yuzaga kelgan vaziyatlardan foydalana olmadik. 

- Humoyun Murtozaev o'yin so'ngida qulay vaziyat yarata oldi, biroq raqib jarima maydoniga kirgach, yiqilishga bo'lgan ishtiyoq kuchayib ketdi. Bu haqda fikringiz qanday?

- Hujumchi oxirgi zarbani yo'llashni birinchi maqsad deb bilishi kerak. 

- Legionerlarga oxirgi 10 daqiqada imkon berildi. Bu ular uchun kam emasmi?

- Ular ilk navbatda ko'nikma hosil qilib olishi kerak. "Qo'qon-1912"ga qarshi o'yinda himoyada ishonchli o'yinchilar kerak edi. Babatunde kabilar esa hujumkor o'yinchi, shu bois, ularga ikkinchi bo'limda imkon berishni reja qilgandik. Ular unumli foydalandi.

- O'tgan mavsum Petrov, Georgadze, Akromov, No'monov kabi futbolchilar yaxshi taassurot qoldirishgandi. Ularni boshqa jamoaga qo'yib yuborilishiga sabab nima?

- Kimningdir shartnoma muddati tugadi. Ularga boshqa jamoalardan yuqori maosh evaziga taklif bo'lgandi. SHu bois, ularni olib qolish qiyin edi. Petrovni esa klub sotish qaroriga keldi. Qolganlarni shartnoma muddati yakunlandi. "Qo'qon-1912" o'z oldinga yuqori maqsad qo'ygan. SHuning uchun, ular taklif qilgan mablag' ham yuqori edi. 

- Bu yilgi mavsumdagi legionerlarning o'tgan yilgiga qaraganda saviyasi qay darajada farq qiladi?

- O'tgan yilgi bilan hozirgilarning poziciyalari farq qiladi. Yangi kelganlarning jismoniy holatini oshirishga harakat qilyapmiz. Ularda etarli o'yin amaliyoti bo'lmagan.

- Jamoa oldiga qanday maqsad qo'yilgan?

- Klub mavqeidan kelib chiqib, kurash olib boramiz. Bizda kam maosh olayotgan, etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmagan futbolchilar bor, biroq bu bizni qiziqtirmaydi, oxirigacha kurashamiz. O'tgan yilgi tarkibimizdan to'rt nafar futbolchi bizga qarshi o'ynadi. Biz grand jamoa deyishimiz to'g'ri bo'lmas. Yangi jamoani shakllantirish osonmas. Lekin Superligaga chiqish uchun kurashamiz.

- Yangi shakllangan jamoa siz kutgan o'yinni namoyish eta olishdimi?

- Quvontirgani, futbolchilarning oxirigacha kurashgani. Raqib biz kutgandek o'ynadi. Bo'shliqlarimiz bor. Mashg'ulotlarda ishlaganlarimizni maydonda to'liq bajara olmadik. 

- O'yin qaydnomasiga Zoir Tursunov nega kiritilmadi?

- Zoir Tursunov ko'p vaqt jarohatdan tiklanish bilan mashg'ul bo'ldi. U 3 hafta avval mashg'ulotlarga qo'shildi. SHu bois, u tayyor emas, unga vaqt kerak.

- Superliga yo'llanmasi uchun kurashadigan jamoalar safiga "Qo'qon-1912"ni ham kiritasizmi?

- Albatta. "SHo'rtan", "Buxoro" kabi jamoalar nomdor o'yinchilarni yig'ib olishdi. Biroq, baribir, Superligada bu tarkib bilan kurashish qiyin.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика