Asprilya: "Xamesni o'rnida "Real"da qolgan bo'lardim"
07 iyu 2016 10:17
Yangiliklar
Asprilya: "Xamesni o'rnida "Real"da qolgan bo'lardim"
Kolumbiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Faustino Asprilya yarim himoyachi Xames Rodrigesga "Real"ni tark etmaslikni maslahat berdi.
"Xamesni o'rnida "Real"da qolib, asosiy tarkibdan joy olish uchun kurashardim. Agar Zidanning "Reali"ga etibor qaratadigan bo'lsak, jamoaning statistikasi juda yaxshi, "Barselona" bilan farqni minimumgacha qisqartirishdi va CHempionlar ligasida g'olib bo'lishdi. Xames ko'proq maydonga tushishi kerak edi. U mahoratli futbolchi va har qanday joyda o'ynay oladi" - deydi Asprilya.
Fikrlar