Messi Xamesga Argentina va Kolumbiya o'yini vaqtida: "Sen juda ko'p gapiryapsan"
11 iyu 14:15
Yangiliklar
Messi Xamesga Argentina va Kolumbiya o'yini vaqtida: "Sen juda ko'p gapiryapsan"
Argentina hamda Kolumbiya terma jamoalari o'rtasidagi JCH-2026 saralash uchrashuvi 1:1 hisobida tugadi.
Ikkinchi taymda o'yin to'xtab qoldi, shu paytda argentinalik hujumchi Lionel Messi kolumbiyalik yarim himoyachi Xames Rodrigesga noroziligini bildirish uchun yaqinlashdi. O'yinchilar bir-biriga bir necha gap aytishdi. Ular suhbatining bir qismi video orqali aniqlandi.
"Sen bizga finalda yordam berilganini aytding. Sen juda ko'p gapiryapsan", – dedi Messi. "Men hech narsa deganim yo'q", – deya javob berdi Xames.
Futbolchilarning boshqa iboralarini aniqlash mumkin bo'lmadi, chunki ular og'izlarini kaftlari bilan yopib gaplashishdi.
O'yindan so'ng kolumbiyalik ushbu voqeaga izoh berdi: "Maydonda yuz bergan narsa maydonda qoladi".
Eslatib o'tamiz, avvalroq Rodriges Argentina 2024 yilgi Amerika Kubogi finalida hakamlik tufayli g'alaba qozonganini aytgan edi: "Kolumbiya foydasiga 1-2 ta penalti belgilanmadi. Nima uchun VAR yozuvlari elon qilinmadi? Bu g'alati, shunday emasmi?"
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar