APLning uch grandi La Ligadagi iqtidorni nishonga oldi
17 apr 11:50
Yangiliklar
APLning uch grandi La Ligadagi iqtidorni nishonga oldi
"Betis"ning 19 yoshli vingeri Xesus Rodriges Angliya Premer-ligasiga ko'chib o'tishi mumkin.
Londonning "Arsenal" klubi yozgi transferlar oynasida Rodriges uchun kurashda etakchilik qilayotgan klublardan biri hisoblanadi.
"Kanonirlar" La Liganing so'nggi turlarida 19 yoshli ispaniyalik futbolchining o'yinlarini diqqat bilan kuzatib borishgan. Qayd etilishicha, futbolchining xizmatlariga "Liverpul" va "Chelsi" klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Takidlanishicha, hozircha klublarning hech biri "Betis" bilan rasmiy muzokara o'tkazmagan. Rodriges bu mavsum "Betis"ning asosiy jamoasi safida 24 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar