So’nggi yangiliklar

16:13Дракслер етакчилигидаги "Ал Аҳли" Андижонда!  3 15:55Ўзбекистон футбол ассоциацияси Эрон терма жамоаси собиқ устозига жиддий қизиқмоқда  11 15:20"Валенсия" Винисиус ҳақидаги ҳужжатли фильм туфайли Netflix'ни судга берди  5 14:57ФИФА ЖЧ-2026 саралашида иштирок этаётган терма жамоага техник мағлубият ёзди  0 14:30Кападзе ФИФА кунларида терма жамоа бошқарувида бўлади  14 14:02Ротация режалаштирилган. "Реал" "Қайрат"га қарши ўйинда майдонга тушириши мумкин бўлган футболчилар маълум  7 13:39"Милан" ва "Интер" "Сан Сиро"ни бузади  0 13:17"Машъал" "Бухоро" билан ўйиндан олдин 2 нафар йўқотишга эга  3 12:57Аҳрор Рисқуллаев Суперлигада юбилей ўйинини бошқарди  4 12:34Уругвайнинг асосий футболчилари Ўзбекистонга қарши баҳсни ўтказиб юбориши мумкин  3 11:45"Насаф" "Ал Ҳилол"га кичик ҳисобда мағлуб бўлган учрашувдан галерея  5 11:20Игорь Сергеев: "Илк дақиқалардан вақт чўзиш ҳолати кузатилди, муҳими ғалаба қозондик"   0 10:48"Арсенал" асосий футболчиси билан узоқ муддатли шартнома имзолади  0 10:22Клопп Осиё жамоасини бошқариши мумкин  1 09:55Хави МЮни бошқаришга рози  8

Asilbek Amonov: “Hech bo'lmasa Yamanni yutishimiz shart” Yangiliklar

Asilbek Amonov: “Hech bo'lmasa Yamanni yutishimiz shart”

Osiyo chempionatida ishtirok etayotgan “Qo'qon-1912” jamoasining darvozaboni Asilbek Amonov bilan musobaqa taassurotlari haqida suhbatlashdik.

– Asilbek siz bunday yirik turnirlarda oldin ham qatnashgansiz. Qatardagi taassurotlaringiz qanday ?
– Men qatnashgan musobaqalar bilan solishtirganda Qatardagi chempionatda tashkilotchilik, futbolchilarga yaratilgan sharoitlar alo darajada desam mubolag'a bo'lmaydi. Men bunday sharoitlarni, bunday muhitni hech qaerda ko'rmaganman. Stadionlar, kiyinish xonalari, maydonni sifati hammasi alo bahoga loyiq.

– Ikkita o'yinda jamoamizga nima etishmadi deb o'ylaysiz ?
– Koreyaga qarshi birinchi o'yinimizda xakamning g'alati qarorlari bolalarni ruhiyatini izdan chiqardi. Qachonki 10 kishi bo'lib qolganimizdan keyin yigitlar o'zlariga kelishdi. Qolaversa, koreyslar bizni rosa yaxshi o'rganishgan ekan. Iroq bilan o'yinda esa biz o'zimizning xatolarimiz evaziga o'yinni boy berdik. To'g'risi musobaqani buncha erta tugatishimizni men umuman xayolimga ham keltirmagan edim. Endi hech bo'lmasa Yamanni yutishimiz shart.

– Sizni nimaga maydonda ko'rmayapmiz?
– Bu savolni yaxshisi murabbiylarimizdan so'rsangiz bo'lardi. CHunki kimni maydonga tushirish murabbiyni ishi. Lekin men doim tayyor bo'lib turibman. Musobaqaga kelgan barcha 23 futbolchi o'yinga tayyor turishibdi.

- Bu yil “Qo'qon-1912” jamoasiga kelgan yangi murabbiydan nimalar kutyapsiz?
– Murod aka juda yaxshi inson, o'z ishining ustasi. O'ylamanki, biz Murod Ismoilov boshchiligida muxlislarimizni xursand qilamiz. O'zim xam bu yil jamoamizning asosiy tarkibiga kirishga harakat qilaman. Lekin bu oson ish emas, sababi bizda juda tajribali darvozabonlar bor. Qo'qonda o'rinbosarlar jamoasining o'yinlari xam qiziqarli bo'ladi. CHunki o'rinbosarlar o'yiniga xam juda ko'p muxlislar kelishadi. Biz esa ularni stadiondan xursand holda qaytishlariga xarakat qilamiz.

Akramjon Mamadaliev suxbatlashdi.

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика