FIFA JCH-2030ni 64 jamoagacha kengaytirishni rejalashtirmayapti
24 sen 19:59
Yangiliklar
FIFA JCH-2030ni 64 jamoagacha kengaytirishni rejalashtirmayapti
Bundan avval FIFA prezidenti Janni Infantino Urugvay va Paragvay rahbarlari, KONMEBOL prezidenti, shuningdek Argentina, Urugvay va Paragvay federaciyalari prezidentlari bilan FIFAning Trump Tower’dagi ofisida uchrashida Urugvay futbol associaciyasi tomonidan o'tgan yil mart oyida FIFA kengashida norasmiy ravishda ilgari surilgan taklif birinchi marta rasmiy muhokama qilingani xabar qilingan edi.
FIFAning rasmiy poziciyasi shundan iboratki, u kengashda ilgari surilgan takliflarni ko'rib chiqishga majbur bo'lgani uchun jahon chempionatini kengaytirishni barcha manfaatdor tomonlar bilan muhokama qiladi.
Biroq, The Guardian malumotlariga ko'ra, saxna ortida turnirni kengaytirish maqsadga muvofiqligiga nisbatan shubha mavjud. Qaror FIFA kengashi tomonidan qabul qilinadi, uning navbatdagi yig'ilishi keyingi oy Cyurixda bo'lib o'tadi. Jahon chempionatini kengaytirish masalasi kun tartibida emas.
"Janni agar xohlasa ham bu masalani kengashda ovozga qo'ymagan bo'lardi. Ko'pchilik ishtirokchilar 64 jamoa ishtiroki jahon chempionatiga ziyon etkazadi deb hisoblaydi. Juda ko'p qiziqarsiz o'yinlar bo'ladi, bu esa biznes modeliga zarar keltirishi mumkin", – dedi Xalqaro futbol federaciyasidagi manba.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar