FIFA Jahon chempionati ishtirokchilari sonini oshirmaydigan bo'ldi
24 sen 23:35
Yangiliklar


FIFA Jahon chempionati ishtirokchilari sonini oshirmaydigan bo'ldi
Avvalroq xabar qilinganidek, FIFA prezidenti Janni Infantino FIFAning Trump Tower’dagi ofisida Urugvay va Paragvay rahbarlari, KONMEBOL prezidenti hamda Argentina, Urugvay va Paragvay federaciyalari prezidentlari bilan uchrashgan. Ular o'tgan yilning mart oyida FIFA kengashi yig'ilishida Urugvay futbol associaciyasi tomonidan norasmiy ravishda ilgari surilgan taklifni ilk bor rasman muhokama qilishgan.
FIFAning rasmiy nuqtai nazari shundan iboratki, u barcha manfaatdor tomonlar bilan jahon chempionatini kengaytirish masalasini muhokama qiladi, chunki tashkilot kengashda ilgari surilgan takliflarni ko'rib chiqishi shart.
Biroq, The Guardian xabar berishicha, parda ortida turnirni kengaytirishning maqsadga muvofiqligiga shubha mavjud. Qaror FIFA kengashi tomonidan qabul qilinadi, uning yig'ilishi kelasi oyda Cyurixda bo'lib o'tadi. Jahon chempionatini kengaytirish masalasi kun tartibiga kiritilmagan.
"Janni o'zi xohlagan taqdirda ham kengashda ovoz berishni o'tkazmagan bo'lardi. Ishtirokchilarning aksariyati 64 jamoa ishtiroki jahon chempionatiga putur etkazadi, deb hisoblaydi. Qiziqarsiz o'yinlar juda ko'p bo'ladi va bu biznes modelga zarar etkazishi mumkin," - deb takidladi Xalqaro futbol federaciyasidagi manba.
Takidlanishicha, KONMEBOL o'zgarishlarning asosiy manfaatdori bo'lishi mumkin. 64ta jamoagacha kengayish FIFAga azo 211ta associaciyaning 30 foizdan ortig'ining ishtirok etishini, tabiiyki ulardan ko'proq terma jamoa qatnashishini anglatadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar