Futzal. O'zbekiston mag'lub bo'ldi, lekin Osiyo chempionatiga chiqdi
24 sen 22:06
Yangiliklar


Futzal. O'zbekiston mag'lub bo'ldi, lekin Osiyo chempionatiga chiqdi
Saralash mezboni Qirg'iziston bilan kechgan bahsda vakillarimiz 2:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Terma jamoamiz avvaliga 0:3 hisobida ortda borayotgandi, biroq uchrashuv tugashiga sanoqli daqiqalar qolganida ikkita to'p kiritishga muvaffaq bo'ldik. Raqib darvozasiga urilgan gollar Husniddin Nishonov va Ilhom Hamroev nomiga yozildi.
Bugun garchi mag'lubiyatga uchragan bo'lsak-da, ikkinchi o'rin bilan guruhdan chiqdik va Osiyo chempionatiga yo'l oldik. Maumki, Osiyo chempionati saralash bosqichi jamoalarni 8ta guruhga bo'lgan holda o'tkazilyapti va jami 31ta terma jamoa qatnashyapti.
7ta guruhga jamoalar to'rttadan bo'lingan va bittta guruhda uchta jamoa bor. Saralash formatiga ko'ra, har bir guruhdan g'olib (8ta jamoa) va eng yaxshi 7ta ikkinchi o'rin egalari Osiyo chempionati final bosqichiga yo'l oladi.
Bitta guruhda uchta jamoa borligini hisobga olsak, bu holat boshqa guruhlarga ham tasir ko'rsatadi va eng yaxshi ikkinchi o'rin egalarini aniqlab olishda boshqa guruhlardagi to'rtinchi o'rinni olgan jamoalar bilan o'yin natijasi bekor qilinadi. Yani, faqat uchtalik hisobga o'tadi.
Shundan kelib chiqib aytganda, bizning guruhda Falastin oxirgi o'rinni egalladi va bu jamoani 7:1 hisobida yutganimiz bekor qilinadi. Keyinchalik Sharqiy Timorni ham 7:1 hisobida mag'lub etib, Qirg'izistonga 2:3 hisobida mag'lub bo'ldik. Yani to'plar nisbatimiz +5 ko'rinishda va hisobimizda 3 ochko bor.
Ikkinchi o'rinni olganlar orasida 3 ochko va +5 yaxshi ko'rsatkich bo'ladi va O'zbekiston futzal terma jamoasining Osiyo chempionatiga yo'l olganini anglatadi. Bizdan tashqari Janubiy Koreya, Tojikiston, Livan va Malayziya ham ikkinchi o'rin bilan qita birinchiligi chiptasini qo'lga kiritdi. Yana uchta jamoa nomi keyinroq malum bo'ladi.
Navbatdagi Osiyo chempionati kelasi yilning 27 yanvar - 7 fevral kunlari Indoneziya poytaxti Jakartada bo'lib o'tadi.
X.Xoliqov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar