Arturo Vidal: "Men "Barselona" safida o'ynamayapman, qanday qilib mamnun bo'lishim mumkin?"
09 okt 2018 13:10
Yangiliklar
Arturo Vidal: "Men "Barselona" safida o'ynamayapman, qanday qilib mamnun bo'lishim mumkin?"
"Barselona" yarim himoyachisi Arturo Vidal o'zining klubdagi holatidan mamnun emas.
"Tottenxem"ga qarshi CHempionlar ligasi uchrashuvida (4:2) 86-daqiqada maydonga tushgan chililik ijtimoiy tarmoqlarda g'azabdagi smayliklarni qoldirdi.
"Mamnunman deya olmayman, ammo agar murabbiy bilan qandaydir muammo bo'lsa buni yuziga aytaman. O'ynamasam, qanday qilib mamnun bo'lishim mumkin? Men dunyoning eng yaxshi jamoalaridan o'ynagan va barcha sovrinlarni yutga, ushbu ishni "Barselona"da davom ettirmoqchi bo'layotgan insonman.
Jismoniy holatim juda yaxshi. Bazi uchrashuvlarda jahlim chiqdi, ammo vaziyat shunday. Kurashishda davom etamiz, oldinda o'yinlar ko'p. Agar qandaydir muammo bo'lsa bu haqida murabbiyga aytaman. G'azabdagi smayliklar? Buning sabablari boshqa bo'lishi ham mumkin" - deydi Vidal.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar