"Arsenal" sobiq skauti Mbappeni ko'ndirmoqchi bo'lgani haqida gapirib berdi
29 dek 2023 08:54
Yangiliklar
"Arsenal" sobiq skauti Mbappeni ko'ndirmoqchi bo'lgani haqida gapirib berdi
O'shanda Mbappe "Monako"da o'ynardi. Futbolchi 2017 yilning 31 avgustida ijara asosida PSJga ko'chib o'tgan va keyinchalik parijliklar uni to'liq sotib olishgandi.
"Biz Mbappeni ancha oldin, 2016 yilda olib o'tishga harakat qilgandik.
Londonda uning ota-onasi bilan uchrashganmiz. O'shanda ular Arsen Venger bilan mashg'ulot bazasiga kelishgan. Keyin esa biz Kilian bilan uchrashish uchun Franciya janubiga borganmiz.
O'sha uchrashuv biz uchun noto'g'ri vaqtda bo'lib o'tgan. Biz "Suonsi"ga yutqazganimizning ertasiga ko'rishganmiz. Undan oldin esa "Old Trafford"da mag'lub bo'lgandik.
O'shanda uch kundan keyin "Tottenxem"ga qarshi muhim o'yinimiz ham bor edi. Demak, o'shanda muzokaralar uchun noto'g'ri vaqt tanlangan. U bizga rad javobini bergan va "Monako" bilan yangi shartnoma imzolagan", - dedi Grimandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради
Fikrlar