“Arsenal”, “Seltik” kabi jamoalar sobiq hujumchisi kokain tufayli hibsga olindi. U taqib natijasida ushlandi
08 jan 2023 08:05
Yangiliklar
“Arsenal”, “Seltik” kabi jamoalar sobiq hujumchisi kokain tufayli hibsga olindi. U taqib natijasida ushlandi
Irlandiya terma jamoasi sobiq azosi Entoni Stouks 6 yanvar kuni avtomobilida policiyadan yashirinishga harakat qildi.
Taqibdan keyin esa u to'xtatildi va Stouks salondagi yo'lovchi bilan birga qochmoqchi bo'lishdi. Mashina ichidan esa 4000 funt sterlingga teng kokain topilgan.
Gumonlanuvchilar garov evaziga qo'yib yuborildi va ularning ishi tez orada sudda ko'rib chiqiladi.
34 yoshli Stouks professional faoliyatini 2005 yil “Arsenal”da boshlagan. U Angliyada “Sanderlend”, “SHeffild Yunayted”, “Kristal Pelas”, “Blekbern Rovers”, SHotlandiyada “Falkirk”, “Xibernian”, “Seltik”, shuningdek, “Apollon Smirnis” (Greciya) va “Traktorsozi” (Eron) jamoalari sharafini himoya qilgan. U 2019 yil “Adana Demirspor” (Turkiya) klubi safida butsasini mixga ilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar