Terri Anri: "Arsenal" ushbu mavsumda chempion bo'lishi kerak"
19 dek 2025 21:37
Yangiliklar
Terri Anri: "Arsenal" ushbu mavsumda chempion bo'lishi kerak"
"Arsenal" sobiq futbolchisi Terri Anri APL chempionligi uchun kurash haqida gapirdi.
Ayni damda "Arsenal" APL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
"Jarohatlar, zich taqvim - keling, bu haqda gapirmaylik. Barchaning o'z muammolari bor. Mavsum boshidan buyon bildirayotgan fikrimda qolaman - "Arsenal" chempion bo'lishi kerak. Bu ushbu mavsumda amalga oshishi shart. Ishonaman, bu aynan shu mavsumda amalga oshadi. Mavsum davomida, albatta, jamoa bir qancha muammolarga duch keladi: jarohatlar, o'yinlarning o'xshamasligi, rejalar doim ham amalga oshmasligi... Bundan ham o'tishni bilish kerak", - dedi Anri.
"Arsenal" so'nggi chempionligini 2004 yilda qo'lga kiritgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид" 1:2
Fikrlar