Qozog'iston termasi futzalchisi Arnold Knaub: "Portugaliya bilan bahs haqiqiy jangga aylanib ketdi"
27 sen 2024 11:50
Yangiliklar
Qozog'iston termasi futzalchisi Arnold Knaub: "Portugaliya bilan bahs haqiqiy jangga aylanib ketdi"
- O'yin haqida
- Biz uchun qiyin uchrashuv bo'ldi. Jarohatlanganlar ko'p va zaxira kuchimiz kam edi, qo'shimchasiga jahon chempioniga qarshi o'ynayotgandik. Bahs haqiqiy jangga aylanib ketdi. Bu safar g'alaba biz tomonda bo'ldi, o'tgan JCHdagi mag'lubiyat alamini oldik.

- CHorak finaldagi raqib Argentina yoki Xorvatiya bo'ladi. Sizlarga qaysi biri qulayroq?
- Biz musobaqaga faqat g'alaba uchun kelganmiz. Har qanday kuchli jamoaga qarshi o'ynashga tayyormiz. Aslida bugun uyga qaytishimiz ham mumkin edi. Oilmam meni bugun kutmasligini va kelmasligimni aytgandi (kuladi).

- Muxlislar "Universal" sport majmuasida ajoyib atmosferani yaratishdi...
- Ha, albatta, bunday atmosferada o'ynash juda yoqimli. Muxlislarga rahmat. O'zimizni uyimizda o'ynayotgandek his qilyapmiz va borimizni beryapmiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar