So’nggi yangiliklar

18:41"Реал Сосьедад" — "Реал Мадрид". Таркиблар маълум  1 18:00"Қўқон-1912" — "Қизилқум" 1:1 (матнли трансляция)  7 17:57Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи". Таркиблар маълум  14 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  14 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  15

Argentinani jahon chempioni qilgan murabbiy 82 yoshda! Yangiliklar

Argentinani jahon chempioni qilgan murabbiy 82 yoshda!

1986 yilgi jahon chempionati Meksikada o'tkazilgan bo'lib, yakunda Argentina chempion bo'lgandi.

Ushbu mundialda Diego Maradona boshchiligidagi argentinaliklarni boshqargan mashhur murabbiy Karlos Bilardo 82 yoshni qarshi oldi. Uni futbol olamidagilar "Doktor" laqabi bilan chaqirishadi. 

SHu munosabat bilan FIFA sayti taniqli murabbiydan qisqacha intervyu oldi. O'z navbatida Karlos Bilardo 1986 yilgi jahon chempionatidagi g'oliblik haqida gapirib berdi: 

- "Bu jamoa uchun ortga quruq qo'l bilan qaytishning iloji yo'q. Agar shunday bo'lganida aeroportdan boshlab to uygacha hech kim bizni kechirmasdi. Albatta, bizga ko'pchilik ishonmagandi". 

- "Mashg'ulotlar payti golni qanday nishonlashni repeticiya qilganimiz rostmi? Ha, rost. Faqat jahon chempionati startidan keyin kim gol ursa uni qanday nishonlashni mashg'ulotdan so'ng ko'rsatib berardi. Bu narsa futbolchilarga juda yoqqan. Men esa bir gapni aytganman: mayli, goldan so'ng muxlislarga qarab yuguringlar, faqat darvozabon o'z joyida qolsa bo'lgani, chunki u sekin yugurardi." 

- "Maradona Angliyaga qo'li bilan gol urganmi yo bosh bilanmi? Bu juda ko'p berilgan savollardan biri. O'yindan keyingi matbuot anjumaniga Maradona ikkalamiz kirganmiz. Jurnalistlardan biri shu savolni berganida Maradonaning jahli chiqib ketgan. "Nimalar deyapsiz? Bu toza gol bo'ldi" deb baqirgan u". 

- "Men o'sha jahon chempionatida bir narsadan xafa bo'lganman. Final uchrashuvidan keyin menga oltin medal taqishmagan. Faqat keyinroq kelib qo'limga tutqazishgan", - deya xotirlaydi Karlos Bilardo.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика