Argentina terma jamoasi futbolchisi: "Bizda Messi bor, ammo undan foydalanishni bilmaymiz"
05 mar 2019 11:40
Yangiliklar
Argentina terma jamoasi futbolchisi: "Bizda Messi bor, ammo undan foydalanishni bilmaymiz"
Argentina terma jamoasi himoyachisi Nikolas Talyafikoning takidlashicha, jamoa hujumchi Lionel Messidan to'g'ri foydalana olmayapti.
"Biz jamoamizga qaysi uslub mos kelishini, qaysi biri Messiga qulayligini aniqlamadik. Lionel - dunyoning eng yaxshi futbolchisi, biz esa undan foydalanishni bilmaymiz.
Biz Messining imkoniyatlarini tushunadigan murabbiy yoki g'oya topishimiz kerak.
Bu klub emas, terma jamoa. Har yili yangi loyihalarga qo'l ura olmaymiz. Bu oson emas.
Leo milliy jamoada sovrin yuta olmayapti. U uchta finalda o'ynadi, ammo bizda "Barselona"dagi kabi futbolchilar yo'q" - deydi Talyafiko.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar