So’nggi yangiliklar

13:30Ўзбекистон Суперкубоги тўпурарлари: Черан етакчи, Кошелев ва Акопянц ҳам рўйхатда бор  0 13:02"Барселона" ёз учун устувор мақсадни танлади  8 12:30"Ютқазиш ва хато қилишдан қўрқиб, мухлисларни зериктириб қўйишмаса бўлгани" — Суперкубок олдидан сўз Суперлига матбуот котибларига  5 12:01"Ливерпуль” Алиссон билан шартномани узайтирди  0 11:33"Манчестер Юнайтед" Давид Раумни нишонга олди  0 11:05Ўзбекистон Суперкубоги: “Насаф” энг кўп соврин ютган, “Пахтакор” энг кўп мағлубиятга учраган  5 10:45Макс Доуман кечаги голидан сўнг АПЛ тарихига кирди  0 10:16Финалиссима бўлиши учун Аргентина ўз талабларини қўйди, акс ҳолда...  6 09:41"Машъал" жамоа бош мураббийининг соғлиғи ҳақида маълумот берди  0 09:14Кечаги йирик мағлубиятдан сўнг "Истанбул Башакшехир" устози нималар деди?  1 09:00Ўзбекистон Суперкубоги: томошабинлар рекорди янгиланадими?  11 08:46Кечаги дурангдан сўнг Гвардиола чемпионлик учун кураш ҳақида гапирди  9 08:20Sofascore. "Истанбул Башакшехир" йирик ҳисобда мағлуб бўлган баҳсда Шомуродов неча баҳо олди?  0 07:53Sofascore. "Манчестер Сити" дуранг ўйнаган баҳсда Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 07:25Ўзбекистон Суперкубоги. Бугун Ўзбек "Эл Классико"си бўлиб ўтади  22

Arda Turan bilan munosabati, Parij Olimpiadasi va kimlar yordam bergani - Jahongir O'rozovning Turkiyadagi ilk mavsumi qanday o'tdi? Yangiliklar

Arda Turan bilan munosabati, Parij Olimpiadasi va kimlar yordam bergani - Jahongir O'rozovning Turkiyadagi ilk mavsumi qanday o'tdi?

Bugungi kunga kelib Turkiyada to'p tepayotgan legionerlarimiz soni bir necha nafarni tashkil qilmoqda.

Otabek SHukurov, Aziz Turg'unboev, Husniddin Aliqulov, Jahongir O'rozov jamoalari turli natijalar qayd etmoqda. O'rozov harakat qilayotgan Arda Turan boshchiligidagi "Eyupspor" yangi mavsumda Turkiya Superligasida qatnashadi. O'zbekistonlik himoyachidan yangi jamoasidagi ilk mavsum taassurotlari haqida so'radik. 

— "Eyupspor"dagi faoliyatimga to'xtaladigan bo'lsam, jamoa oldiga yuqori ligaga yo'llanma olish vazifasi qo'yilgan edi. Birinchi o'rinda mana shu qiyin vazifa uddalandi. CHempionlikni qo'lga kiritdik. Jamoada yaxshi, jismonan baquvvat futbolchilar jamlangan. Bu erdagi ilk kunimdan boshlab jamoadagilar ko'tarinki kayfiyatda qarshi olishdi. Moslashishda ham deyarli muammoga duch kelganim yo'q. 

— Arda Turan iymonli inson, o'zi namoz o'qiydi. Murabbiy sifatida ham hurmatga loyiq. Jamoaga kelganimda chempionat boshlanib bo'lgandi. Tarkib ham shakllangandi. Aksariyat hollarda murabbiylar bilan individual ishladik. Murabbiylar shtabi juda katta, har biri professional. O'yin amaliyotiga kelsak, jamoa oldida katta vazifa turgandi. Bu vaqt ichida jismoniy, taktik tomonlama shug'ullandim. Murabbiylar bilan aloqalarimiz zo'r. Keyingi yildan o'yin amaliyoti ko'proq bo'ladi deb o'ylayman.


— Mashg'ulotlar jarayonida katta farq ko'rasiz. O'ynamaganlarga ertasi kuni uchrashuv tashkil qilinadi. Sport formamizni ushlab turish uchun imkoniyat berishadi. Asosan kubokda va o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushdim. Umuman olganda xotirjamman. Hammasi yaxshi bo'ladi. 

— Tarkibda ozarbayjonlik Taskin degan futbolchi ko'proq yordam berdi. U avval Rossiyada to'p tepgan. Til borasida undan ko'mak olib turdim. Marokashlik Adrien Regattinni ham aytishim mumkin. Janar Erkin avval "Spartak"da to'p tepgan. Ular har tomonlama o'rnak bo'la oldi. Har bir mashqqa professional, sifatli munosabatda bo'ladi. Bir so'z bilan aytganda haqiqiy evropalik. 

— O'zbek futboli darajasi oshganini Turkiyada ham ko'p gapirishmoqda, chunki xorijda futbolchilarimiz ko'paydi. Bu erda Otabek SHukurov, Husniddin Aliqulov, Aziz Turg'unboevni yaxshi bilishadi. Turkiyada Baxtiyor Zaynuddinov to'p tepmoqda. U ham o'zining yordamini ayagani yo'q. Kerakli maslahatlarni berib turdi. 


— Klubimizga OTJga chaqirilganim haqida xat keldi. Birinchi o'rinda faqat Parij haqida o'ylamoqdaman. Nima bo'lishidan qatiy nazar o'z ustimda ishlab Olimpiadaga borishni niyat qilganman. Buning uchun o'zimni ko'rsatishim kerak. Motivaciya katta. Olimpiadaga chiqish katta voqea sifatida qabul qilindi. Oxirida biroz omadimiz kelmadi. Parijda yanada yaxshiroq natija ko'rsatishga harakat qilamiz. Muxlislardan qo'llab-quvvatlashda davom etishlarini so'rab qolaman.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика