“Aral Samali” bosh direktori: “Timur Turdiev chetdan bo'lsa ham o'z maslahatlarini berib bormoqda”
11 sen 2022 09:35
Yangiliklar
“Aral Samali” bosh direktori: “Timur Turdiev chetdan bo'lsa ham o'z maslahatlarini berib bormoqda”
- Avvalo, “Yangier” jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Raqib butun o'yin davomida katta ustunlikga ega bo'ldi. Bilasiz, jamoamizda asosan yoshlar to'p tepmoqda. Ularga tajriba etishmayapti. SHuningdek, yo'l charchog'i o'yinga o'z tasirini o'tkazdi.
- Jamoa 18ta o'yinda o'z darvozasidan 62ta to'p olib chiqdi. Himoyada ishlar yaxshi emasligindan dalolatmi?
- Bunga faqat himoyachilar emas, darvozabon borasida ham muammo bor. “Yangier” bilan bahsda ham ko'rdingizlar, xatolar qilmoqda. Natijada, birinchi bo'limdayoq uni almashtirdik. SHuningdek, jamoada asosan 2004 va 2005 yillarda tug'ilgan futbolchilar o'ynamoqda. Baribir ularga tajriba etishmayapti, Pro liga talabiga mos kelmayapti. Bu esa natijalarga o'z tasirini ko'rsatmoqda.
- Bosh murabbiy Timur Turdiev jamoada ko'rinish bermayapti. Bunga nima sabab?
- Timur jamoamiz bilan o'yinlarga kelmasada, chetdan turib mashg'ulotlarda va o'yinlarda o'z maslahatlarini berib bormoqda. U bilan hamon shartnomamiz bor.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar