So’nggi yangiliklar

01:56АПЛ. "Челси" дербида "Вест Хэм"ни аямади  5 01:39Франция. ПСЖ яна кичик ҳисобда ғалабага эришди  0 01:29Бундеслига старт олди: мавсумнинг илк ўйинида "Бавария" "Лейпциг"ни янчиб ташлади, Кейндан хет-трик!  6 00:49Бошланғич таркибдаги Палмер нима сабабдан дербида қатнашмаяпти?  0 00:30ЖЧ-2026га қуръа қачон ва қаерда ташланиши маълум!  3 00:10Суперлига. "Андижон" – "Пахтакор" 2:6  0 00:02Акмал Рустамов: "Юзага келган вазиятлардан фойдаланганимизда 3-4та тўп фарқи билан ютишимиз мумкин эди"  3 23:46Илёс Зейтуллаев: "Бунёдкор" ПФЛ тақдим этаётган тақвимни ҳурмат қилади"  0 23:28Байиндирнинг хатосидан кейин МЮнинг режалари ўзгарди  4 22:59Абдурауф Бўриев: "Мураббийлар берган тактикани яхши бажардик"  4 22:30Ҳожимат Эркинов: "Андижонлик мухлисларга раҳмат, яхши атмосфера яратиб беришди"  6 22:08Максим Шацких: "Жамоамизда "Андижон" даражасига мос бўлмаган футболчилар бор"  58 21:58Суперлига. Қизил карточка кўрсатилган ва гол инобатга олинмаган ўйинда "Қизилқум" ва "Бунёдкор" муросага келди  23 21:47Камолиддин Тожиев: "Майдонда ўн киши қолиб ҳам ўзимизни кўрсата олдик"  11 21:03Суперлига. "Бобур Арена"да дарвозаларга 8 та гол урилган оқшомда "Пахтакор" "Андижон" устидан ғалаба қозонди  256

APLning 7 murabbiyi va ularni mashhur qilgan "sevimli ovunchog'i" Yangiliklar

APLning 7 murabbiyi va ularni mashhur qilgan "sevimli ovunchog'i"

APL murabbiylari haqida.

Hozirda murabbiylar o'z uslubi va taktikasi borasida judda katta raqobatga kirishishgan. Taktik sxemadan tashqari, jamoa muhitini yaxshilash, shogirdlarining g'alaba qozonishi uchun ko'radigan chora-tadbirlari, har doim muxlis-u mutaxassislarning etiborida bo'lgan. Bugungi maqolada APL murabbiylari va ularni mashhur qilgan sevimli narsalari, mashg'ulotlari haqida malumot berishga harakat qildik.

1. Yurgen Klopp: David Vagner bilan tushgan surat 

O'zingiz uchun qadrli bo'lgan biror bir kishi yoki narsangizni yo'qotib qo'yganingizda kayfiyatiz sezilarli ravishda tushib ketishini yaxshi bilasiz. Yurgen Klopp o'zining qadrdon do'sti va hamkasbi David Vagnerni har kuni eslashi haqida o'zining intervyularining birida aytib o'tgan edi. Ular dastlab futbolchilik faoliyatida (1991 - 1995 yillar) "Maync 05" jamoasida birga to'r tepishgan. Keyinchalik murabbiylik faoliyatida (2011-2015) Dortmundning "Borussiya" jamoasini boshqarishgan. O'shanda Vagner yordamchi murabbiy sifatida Yurgen Klopp bilan ishlagan.

2. Mauricio Sarri: Sigaretalar

CHekish yomonmi? Siz chekmasligingiz kerak. Ammo, Mauricio Sarri buni bilsa ham ushbu qoidaga amal qilmaydi. Uning sevimli mashg'uloti. Karikaturachilar ham Sarrini sigaretalarisiz chizishmaydi.

3.  Mauricio Pochettino: Ser Aleksning avtobiografiya kitobi

Pochettino Fergyusonning murabbiylik faoliyatiga havas qiladi. SHuning uchun, sobiq murabbiyning yozgan avtobiografiya kitobini qadrlaydi. Argentinalik mutaxassisning fikricha, Ser Aleks uning kumiri hisoblanadi va MYUning afsonaviy murabbiyi bilimlarini "sug'urib olishni" sevadi.

4. Unai Emeri: Doska

Qiyinchilik yoki echilishi zarur bo'lgan muammo yuzaga kelganda, Unai Emeri darhol rejalashtirishni afzal ko'radi. Bu vaziyatda u to'g'ri yozuv taxtasidan foydalanadi. Yozib olingan video tasmalar orqali kim qaerda qanday harakat qilish kerakligini tushuntirishdan ko'ra, doskada marker orqali o'z imzosini shogirdlariga uqtirish ispaniyalik murabbiy uchun osonroq kechadi.

5. Joze Mourinyu: O'tmish

Har bir kishi o'tmishini biroz bo'lsa-da kumsab, yorqin o'tgan davrlarini eslab yashaydi. Qahramonimizda esa bunday emas. Sababi, nostalgiyaga berilish janob "Special One" uchun "odatiy hol" hisoblanadi. Portugaliyalikning murabbiy sifatida erishgan ("Portu", "CHelsi", "Inter" va "Real") yutuqlarini aks ettiruvchi yostig'i bor. Har kuni uyquga ketishdan avval, ushbu davrlarni eslab turishi va xotirlashini Mourinyuning o'zi har uchrashuvdan so'ng, qiladigan qandaydir noodatiy xatti-harakatlari orqali bildirib qo'yadi.

6. Klaudio Raneri: Picca

Raneri - futbolchilar bilan ishlashda o'z so'zini ayta olgan murabbiy. Uning 2015 yildagi "Lester ertagi"ni ko'pchilik yaxshi eslasa kerak. O'shanda italiyalik har bir "quruq o'yin"dan so'ng, (yani jamosi gol o'tkazib yubormasa) shogirdlarini picca bilan mehmon qilishini aytgan. Natijada, "tulkilar" 2015/2016 yilgi mavsumda APLni ayyorona yutib ketishgan edi. Klaudio Ranerining bu hislatini etibordan chetda qoldirmagan "Fulxem" rahbariyati yaqindagina 67 yoshli murabbiy bilan shartnoma imzoladi. Boisi, klub APLning har bir turida darvozasi dahlsizligini saqlab qola olmayapti. Bu o'z navbatida jamoaning quyi o'rinlarga tushib ketishiga sabab bo'lmoqda.

7. Pep Gvardiola:  Futbol

Futbol - murabbiyning eng sevimli ovunchog'i hisoblanadi. Kimdir aytishi mumkin, u haqiqiy istedod egasi deb. Lekin shuni unutmaslik kerakki, Pep Gvardiola ushbu mahoratiga qaramayko'p vaqtini jamoa uslubini shakllantirish, shogirdlari yanada kreativ ruhda futbol o'ynashlari uchun izlanadi. "Barselona"dagi tiki-taka uslubi hamda "Manchester Siti"ning barqaror o'yin ko'rsatishi, albatta ispaniyalik menejerning izlanishlari mahsulidir.

Nodir Abdurasulov tayyorladi

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика