APL. “Terf Mur”dagi o'yin yana qoldirildi
18 jan 2022 09:40
Yangiliklar
APL. “Terf Mur”dagi o'yin yana qoldirildi
Angliya chempionati 17-turi doirasida qoldirilgan “Byornli” – “Uotford” bahsi bugun, 18 yanvar kuni bo'lib o'tishi rejalashtirilgandi.
Biroq, mezbonlar ustozi SHon Daych asosiy jamoadan faqatgina 10 futbolchisi safdaligi haqida malum qilgan. Klub o'yinni qoldirish bo'yicha APLga ariza yo'lladi va ularning talabi qondirildi.
SHu tariqa, “Terf Mur”dagi bahs ikkinchi marotaba o'z vaqtida o'tkazilmaydigan bo'ldi. O'tgan yil dekabrida “Uotford”da koronavirus bilan bog'liq holatlar ortgani tufayli mazkur uchrashuv bo'lib o'tmagandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar