So’nggi yangiliklar

00:26Ироқ. Шерзод Темировнинг голи "Эрбил"ни мағлубиятдан қутқариб қолди, у 8 та баҳсда 8 та гол урди  0 00:00"Бунёдкор" уч футболчи билан шартномани узайтирди  0 23:41Расман: "Барселона" ва ПСЖ собиқ юлдузи 32 ёшида фаолиятини якунлади  0 23:13Рақиб қизил олса, "Ливерпул"га қийинроқ, "Эвертон"нинг кучи ҳам, заиф нучтаси ҳам Грилиш. Топ чемпионатлар учрашувларидаги ўзига хос тактика ҳақида  1 22:53"Ғазалкент" машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 22:24Рўзиқул Бердиев: "Ал Иттиҳод" юлдузларга бой кучли жамоа"  4 22:04"Қизилқум" Шукуров билан шартома имзолади  1 21:33"Навбаҳор" Тошкентда йиғинни бошлади (ФОТО+ВИДЕО)  1 21:08Туркия. Шомуродов ва Файзуллаев гол урди, "Башакшехир" йирик ғалабага эришди  18 20:28Винисиус яхши ўйнамаётганини тан олмоқда, аммо...  4 19:50Европа топ-лигаларидан 136 нафар футболчи "йўқ" бўлиб қолди. Африка миллатлар кубоги режаларига ўзгартириш киритадиган клублар ҳақида   2 19:39Зайниддин Тожиев: “Ғазалкент” бутун эътиборни ёшларга қаратади, Про лигада 6 та жамоа жуда камлик қилди"  1 19:21Тимур Кападзе: "Колумбия билан учрашув кўп нарсани ҳал қилади"  27 19:00Сержиу Консейсау: "Насаф"нинг ўйин сифати эгаллаб турган ўрнидан мутлақо фарқ қилади, лекин биз тайёрмиз"  6 18:54"Насаф" "Ал Иттиҳод"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  3

APL. Xolandning 3ta goli "Siti"ga 3 ochko taqdim etdi Yangiliklar

APL. Xolandning 3ta goli "Siti"ga 3 ochko taqdim etdi

"Manchester Siti" hamda "Vulverxempton" o'rtasida o'tkazilgan Angliya Premer-ligasining 21-tur o'yini yakuniga etdi.

Manchester City

Erling Haaland - 40', Erling Haaland - 50', Erling Haaland - 54'

Premier League . 21-tur

22/01/2023, 19:00

0
:
3
Tugadi

Wolverhampton Wanderers

Stadion: Etihad Stadium, 53282 tomoshabin

Bosh hakam: David Coote

45'
90'
25'  Rodri
40'  Erling Haaland
40'  Kevin De Bruyne
46'  Rico Lewis (Nathan Ake)
50'  Erling Haaland
54'  Erling Haaland
54'  Riyad Mahrez
61'  Erling Haaland (Julian Alvarez)
77'  Kevin De Bruyne (Bernardo Silva)
77'  Rodri (Kalvin Phillips)
81'  Riyad Mahrez (Cole Palmer)
10'  Max Kilman
13'  Mario Lemina
14'  Julen Lopetegui
46'  Hee-Chan Hwang (Joao Moutinho)
46'  Adama Traore (Pablo Sarabia)
46'  Raul Jimenez (Matheus Cunha)
67'  Mario Lemina (Daniel Podence)
81'  Hugo Bueno (Rayan Ait Nouri)

"Manchester Siti" – "Vulverxempton" 3:0

"Etixad Stedium"

Gollar: 1:0 – 40 Xoland, 2:0 – 50, penalti Xoland, 3:0 – 54 Xoland.

"Manchester Siti" – Ederson, Stounz, Laport, Akandji, Lyuis (Ake, 46), Gyundogan, de Bryuyne (Bernardu Silva, 77), Grilish, Rodri (Fillips, 77), Marez (Palmer, 81), Xoland (Alvares, 61).

"Vulverxempton" – Joze Sa, Semedu, Kollinz, Kilmen, Bueno (Ait-Nuri, 81), Lemina (Podense, 67), Ruben Nevesh, Mateush Nunesh, Ximenes (Mateus Kunya, 46), Traore (Sarabiya, 46), Xvan Xi CHxan (Moutinyu, 46).

Ogohlantirishlar: Kilmen (10), Lemina (13), Lopetegi (14), Rodri (25).


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90. Uchrashuv asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

82. Podesening ayyorona zarbasidan so'ng to'p darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi.

80. Gyundogaaaan... Ilkay o'ta qulay vaziyatdan gol urishni eplay olmadi.

66. GOOOLLL... Yo'q hakam bayroqchasini ko'tarib, ofsayd borligini ko'rsatdi. De Bryuyne Maxrezga pas berayotganda Riyadning butsasi raqibnikidan oldinroqda qolib ketibdi.

63. ZARBAAA... To'p Akening qo'liga tegdi, ammo Natan qo'lini tana sohasida ushlab turgani uchun penalti belgilanmadi.

61. O'zgarish: Xet-trik qayd etgan Erling Xoland o'rniga Xulian Alvares maydonga tushdi.

54. GOOOL! YANA XOLAND! "Vulvz" posbonining qo'pol xatosidan so'ng to'p Maxrezga tushdi, Riyad esa to'pni o'zidanda qulay vaziyatda turgan Erlingga uzatdi, Xoland deyarli bo'sh darvozani ishg'ol qildi.

50. GOOOL! XOLAND duelda Sani mag'lubiyatga uchratib, darvozani ishg'ol qildi. 2:0.

49. PENALTI! Gyundogan Nevesh tomonidan yiqitildi.

46. Ikkinchi bo'lim o'zgarishlar bilan boshlandi.


TANAFFUS!

45. Zarbaaa... Grilishning zarbasidan so'ng to'pni posbon emas himoyachi Kollins qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

43. "Vulvz" jarima maydonchasi ichida qoida buzilgandek edi, ammo hakam fol yo'qligini ko'rsatdi.

40. GOOOL! XOOOOOOLAAAAND! Erling De Bryuynening qanotdan uzatgan to'pini boshi bilan darvozaga burib qo'ydi.

38. Lyuis bu darajada o'ynashga hali ko'nikmagani bilinib qolyapti. Tiki-takada jamoa uchun u noqulaylik keltirib chiqarmoqda.

33. Zarbaaa... Rodrining jarima maydonchasi tashqarisidan bergan zarbasidan so'ng to'p darvoza ustidan o'tib ketdi.

29. ZARBAAA... Grilishning kuchli zarbasini Sa bir amallab qaytarib qoldi.

25. Yana sariq kartochka. Rodri Mateush Nuneshning qo'lidan tortgani uchun jazolandi.

24. To'pga egalik qilish bo'yicha katta ustunlik "Siti" tomonda bo'lsa ham golga tortadigan vaziyatlar bor-yo'g'i bitta bo'ldi.

19. ZARBAAAA... Xolandning 11 metrlardan bergan zarbasidan so'ng Sa seyv ijro etdi.

18. Dastlabki 18 daqiqa ichida to'pga egalik qilish bo'yicha natija quyidagicha: 89% - 11%.

13. Sariq kartochka. Lyuis to'p uchun kurashda raqibini to'xtatib qoldi, hakam esa raqibiga kartochka ko'rsatdi. Bosh murabbiy Lopetegi ham kartochka oldi. Xvang haqiqatdan ham Lyuisni ushlab qolgan ekan.

10. Kilman raqibiga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun hakam tomonidan ogohlantirildi (sariq kartochka). Gyundoganga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

5. Lyuis burchak to'pi ishlagandek hakamga o'girilgandi, biroq yon hakam bayroqchasi bilan darvoza oldini ko'rsatib, erkin zarba tepish kerak dedi.

4. "Vulvz" jarima maydonchasi ichida fol sodir bo'lgandek, ammo hakam burchak zarbasini ko'rsatdi.

1. Uchrashuv boshlandi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика