So’nggi yangiliklar

02:24Италия кубоги. "Милан" "Лечче"га қарши учрашувда навбатдаги ишончли ғалабасини қайд этди  1 02:20Ла Лига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Леванте"ни йирик ҳисобда таслим этди  13 02:10Англия лига кубоги. "Ливерпуль" ва "Челси" ўз учрашувларида ғалаба қозониб, кейинги босқичга йўл олишди  2 00:55Расман: Гави жароҳат туфайли узоқ муддатга сафдан чиқди  3 00:30Кейн Англияга қайтмишни режалаштирмаяпти  2 23:54"Барселона"га "Камп Ноу"да ўйнашга рухсат беришмади. Стадионда хавфсизлик билан боғлиқ муаммолар мавжуд бўлиши мумкин  5 22:52Ўзбекистон U-16 терма жамоаси ўртоқлик учрашувида Венгрияга ютқазди  3 22:27Биринчи лига. "Локомотив"лардан 5тадан гол, Бухоро дербисида талабалар ғолиб ва бошқа натижалар  0 22:03Неймар "Олтин тўп" натижалари ҳақида: "Рафиньянинг 5-ўринда туриши - шунчаки масхарабозлик"  13 21:35U-21 биринчилиги. Пешқадамлардан дуранглар, Фарғонада 4:4 ва бошқа натижалар  0 20:54Лапорта "Реал"нинг "Олтин тўп"ни бойкот қилиши ҳақида: "Спортда ютқазишни ҳам билиш керак"  48 20:25FIFA клубларни қўллаб-қувватлаш дастурини эълон қилди. Суперлига клублари қанча пул ишлаб олади?  2 20:00Аморим: "Моуринью – португалиялик энг яхши мураббий"  0 19:38"Насаф" – "Ал Ҳилол" учрашуви чипталари қачон сотувга чиқади?  11 19:13"France Football" бош муҳаррири: "Дембеле "Олтин тўп" учун сўровномада катта устунлик билан ғалабага эришди"  7

APL. "Manchester Yunayted" Londonda yana durang qayd etdi Yangiliklar

APL. "Manchester Yunayted" Londonda yana durang qayd etdi

APLning 29-turidan o'rin olgan "Kristal Pelas" - "Manchester Yunayted" bahsining matnli translyaciyasini kuzatib boring.

Kristal Pelas – Manchester Yunayted 0:0

"Selxerst Park"

Kristal Pelas – Guaita, Keyxill, van Anxolt, Uord, Taunsend, Kuyate, Eze (SHlupp, 84), Makkarti (Ridevald, 62), Milivoevich, Benteke, Ayyu.

Manchester Yunayted – Xenderson, SHou, Bayi, Uan-Bissaka, Maguayr, Fred (Maktomini, 74), Brunu Fernandesh, Matich, Kavani (Jeyms, 76), Reshford, Grinvud.

Ogohlantirish: Ridevald (90).

Crystal Palace

Premier League . 29-tur

04/03/2021, 01:15

0
:
0
Tugadi

Manchester United

Stadion: Selhurst Park, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Andre Marriner

45'
90'
62'  James McCarthy (Jairo Riedewald)
84'  Eberechi Eze (Jeffrey Schlupp)
90'  Jairo Riedewald
74'  Fred (Scott McTominay)
76'  Edinson Cavani (Daniel James)

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi. MYU "Lester"ning durangidan foydalanib qola olmadi.

90+2. Maktominining qanotdan oshirgan to'pi maydondan chiqib ketdi.

O'yinga 2 daqiqa qo'shib berildi. Bugungi nursiz o'yin uchun bu adolatli. Juda ham zerikarli o'yin bo'ldi.

90. XAVFLI VAZIYATTTTTT!!! Van Anxolt MYU posboni bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi. Din Xenderson jamoasini yaqqol goldan saqlab qoldi!!

89. ZARBAAAAA!!! SHouning xavfli nuqtadan yo'llagan zarbasi anchagina noaniq ketdi.

86. MYUda burchak zarbasi yuzaga kelgandi. SHouning oshirgan to'pini Bayi boshi bilan darvoza tomon yo'lladi. Himoyachilar xavfni bartaraf etishdi.

81. ZARBAAAAA!!! Grinvudning kuchli zarbasi darvoza yonidan o'tib ketdi.

78. UXXXXXX!!! Jeyms boshi bilan zarba bergandi. To'p raqibiga tegib, burchakka chiqib ketdi.

72. Mezbonlar faqatgina himoyada o'ynamoqda. MYU esa qiynalmoqda. Naqadar zerikarli o'yin...

69. Matichning zarbasini raqiblari qaytarib qoldi.

64. "Pelas"da ham yaxshi vaziyat yaratilgandi. Ayyuning pasidan keyin Benteke qulay imkoniyatni boy berdi.

59. ZARBAAAAA!!! Milivoevichning jarimadan tepgan to'pi jonli devorga tegdi. Havodan tushgan to'pni Taunsend darvoza tomon tepdi. Xenderson ham ojiz qolgan paytda to'p darvozaning yonidan o'tib ketdi.

58. UXXXX!!! Fred o'z jarima maydonchasi yonida Ezeni yiqitdi. Milivoevich jarimadan gol urishi uchun imkoniyat bu.

56. Maydonning bir qismi tuman bilan qoplangan. Vaziyatlarni ilg'ab olish, futbolchilarni tanib olish qiyinchilik tug'dirmoqda.

51. Maguayrning ishonchsiz o'yinidan keyin Ayyu Xenderson darvozasi tomon kuchli zarba yo'lladi. Din to'pni ushlab oldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Tanaffus!

44. Ajoyib vaziyat!!! Van-Bissaka qanotdan markazga Kavani tomon to'pni oshirdi. Agarda to'p Uorddan o'tganida Edi bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qilgan bo'lardi.

41. Van-Bissaka o'z qanotdan raqib jarima maydonchasi ichiga kirib keldi. Van Anxolt to'pni burchakka chiqarib yubordi.

39. Kexill jarimadan to'pni MYU jarima maydonchasi ichiga oshirdi. Kuyate zarba beraman deguncha, offsayd qayd etildi.

34. Qiziq. Qanot hakami to'p Maguayrga tegib, maydonni tark etdi, deb hisoblagandi. Bosh hakam xatoni to'g'rilab ketdi.

29. Ezening jarimadan oshirgan to'pini Maguayr qaytarib yubordi.

28. "Kristal Pelas" ajoyib nuqtadan standart vaziyatga ega bo'lmoqda.

23. Grinvudning zarbasi raqibiga tegib, burchakka chiqib ketdi.

20. Fernandesh g'alati holatga tushib qoldi. SHouning pasidan keyin Fernandesh zarba berishga chog'lana turib, zarba bera olmadi. To'p uning oyog'i ustidan o'tib ketdi.

18. Aytgancha, MYUda yaxshi imkoniyat bor. "Lester" yaqindagina "Bernli" maydonida durang o'ynadi. G'alaba MYUni "Lester"dan 3 ochkoga o'tib ketishini taminlaydi.

16. IYEEEEE!! SHouning chiroyli pasidan keyin Reshford juda qulay vaziyatga chiqib keldi va yaqin masofadan raqib postini aniq poylay olmadi.

14. UXXXXXXX!!! Kavanida yaxshi imkoniyat yuzaga kelgandi. Ammo u bundan foydalana olmadi.

13. ZARBAAAAA!!!! Matichning kuchli zarbasini Guaita qiyinchilik bilan qaytardiiiii!!!

8. Bayining markazdagi xatosidan keyin "Pelas" hujumga o'tdi. Taunsendning kuchli zarbasi yo'liga Matich to'g'anoq bo'ldi.

6. Taunsend raqib jarima maydonchasiga yaqin joyda yiqitildi. "Kristal Pelas"da imkoniyat yuzaga keldi. Ammo undan uzatilgan to'pni Xenderson ushlab oldi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari! Etiboringizni "Selxerst Park"ka qaratamiz. Ushbu stadionda "Manchester Yunayted" "Kristal Pelas"dan revansh olish uchun kurash olib boradi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика