FIFA klublarni qo'llab-quvvatlash dasturini elon qildi. Superliga klublari qancha pul ishlab oladi?
23 sen 20:25
Yangiliklar


FIFA klublarni qo'llab-quvvatlash dasturini elon qildi. Superliga klublari qancha pul ishlab oladi?
Xabaringiz bor, FIFA startiga bir yildan kamroq vaqt qolgan Jahon chempionati 2026 musobaqasiga tayyorgarlik olib bormoqda. Yaqinda tashkilot, FIFA Club Benefits Programme yani klublarni qo'llab-quvvatlash dasturining yangi tafsilotlarini elon qildi.
2023 yil mart oyida FIFA va ECA o'rtasida imzolangan yangilangan memorandumga ko'ra, 2026-yilgi Jahon chempionati uchun futbolchi taqdim etadigan klublar jami 355 million AQSH dollari miqdoridagi mablag' bilan rag'batlantiriladi.
Xabarda elon qilinishicha, klublarga yo'naltiriladigan mablag' 355 million AQSH dollariga teng. JCH-2022 musobaqasi bilan solishtirganda umumiy jamg'arma 70%ga ko'paygan. Shuningdek, FIFA o'z tarixida ilk bor saralash musobaqasida ham ishtirok etgan futbolchilar uchun klublarni rag'batlantiradi. Yani o'z futbolchisini JCH saralash bahslarida ishtirok etish uchun qo'yib yuborgan klublarga ham pul to'lanadi, futbolchi Jahon chempionati ishtirok etmasligidan qati nazar.
Ilk bor CBP(Club Benefits Programme) mablag'larini taqsimlash tamoyillari shunday o'zgartirildiki, futbolchini JCH-2026 saralash bahslariga yoki musobaqaning o'ziga yuborgan har bir klub "birdamlik jamg'armasi"dan ulush oladi. Yani, klub o'z futbolchisi jahon chempionatining o'zida ishtirok etish-etmasligidan qati nazar, futbolchini saralash bosqichidagi uchrashuvlarga yuborgani uchun ham mukofotlanadi. JCH-2026 saralash musobaqasidagi barcha o'yinlar musobaqaning final bosqichi jami 1009ta o'yindan iborat bo'ladi. JCH-2026 saralash musobaqasida esa hozirgi kunga qadar 6250 nafar futbolchi ishtirok etdi. Barcha mintaqalarda saralash bosqichiga yakuniga qadar ushbu yana ko'payishi mumkin. Biroq CBP(Club Benefits Programme) mablag'larini taqsimlash modeli, shu jumladan klublarni ro'yxatga olish va ularning arizalarini topshirish jarayoni haqidagi batafsil malumotlar keyinroq taqdim etiladi.
Misol uchun, JCH-2022 uchun amalga oshirilgan CBPning to'rtinchi nashri FIFA azosi bo'lgan 51ta futbol tashkilotining 440ta klubiga 209 million AQSH dollari miqdoridagi mablag'ni taqsimlab bergan edi.
Qatardagi bo'lib o'tgan Mundialdagi CBP dasturining asosiy raqamlariga nazar tashlaymiz:
Umumiy jamg'arma - 209 million dollar.
Umumiy futbolchilar soni - 837ta.
Klublar soni - 440ta.
Tashkilotlar soni - 51ta.
Bir futbolchi uchun "taxminiy kunlik to'lov" - 10950 dollar (bir futbolchi JCHga tayyorgarlik ko'rish jarayoni va musobaqani o'tkazgan har bir kuni uchun o'rtacha to'langan mablag')
Superliga klublari qancha ishlab topadi?
Endi esa Superliga klublari o'z futbolchilari orqali qancha mablag' ishlab olishi mumkinligi haqida o'ylab ko'rsak. JCH-2022 musobaqasida har bir futbolchi to'lov so'nggi ikki yil davomida o'ynagan klub yoki klublarga bo'lib berilgan. JCH-2026da esa so'nggi 1.5 yillik muddat deb taxmin qilinmoqda. Masalan, bir futbolchi JCH final musobaqasiga qadar so'nggi 1.5 yil davomida bir klubda o'ynagan bo'lsa, o'sha klub futbolchi uchun to'lab beriladigan rag'batlantirishning 100% ega bo'ladi. Misol uchun, JCH-2026 saralash uchinchi bosqichida eng ko'p maydonga tushgan futbolchi Hojiakbar Alijonov so'nggi 1.5 yil davomida "Paxtakor" safida o'ynab kelmoqda. Demak, FIFA "Paxtakor"ga Alijonov JCH saralashidagi ishtiroki va keyingi yil yozda bo'lib o'tadigan musobaqadagi ishtiroki uchun(agar Alijonov musobaqada ishtirok etsa) to'lab beradigan pulning 100%ga ega bo'ladi.
Yana bir misol Rustam Ashurmatov yozda "Rubin"dan Tehronning "Istiqlol" klubiga ko'chib o'tdi. Bunday holatda, Ashurmatov JCH saralashidagi ishtiroki va JCH final musobaqasidagi ishtiroki(agar futbolchi JCHga ishtirok etsa) uchun beriladigan pul miqdorining 33% "Rubin"ga o'tkaziladi. Sababi Ashurmatov so'nggi 1.5 yilning uchdan bir qismi davomida "Rubin" sharafini himoyaga qilgan. Qolgan 66% esa "Istiqlol" klubiga to'lab beriladi.
Har bir klub aniq qancha pul ishlab topishini esa hozir taxmin qilib bo'lmaydi, sababi FIFA CBP dasturining to'liq taqsimlash modelini elon qilgani yo'q. Biroq JCH-2022 raqamlari misolida taxminiy hisob-kitob qilishimiz mumkin. Qatardagi musobaqada guruh bosqichida ishtirok etgan terma jamoaning har bir futbolchisi uchun o'rtacha 180 ming AQSH dollari miqdorida pul to'lab berilgan. Finalga qadar etib borgan Argentina va Franciya terma jamoalarining har bir futbolchisi uchun 390 ming AQSH dollari to'lab berilgan. Biroq bu safargi mundial ishtirokchilari soni 48ta etkazilgan.
Musobaqa boshlanishidan oldingi tayyorgarlik davri necha kunni tashkil etadi?
FIFA Jahon chempionati uchun "rasmiy musobaqa boshlanishidan oldingi tayyorgarlik davri" odatda 7 kunni tashkil qiladi. Bu davr: FIFA bu tovon puliga tayyorgarlik davrida o'yinchilar terma jamoa bilan birga bo'lgan vaqtni ham inobatga oladi. Masalan, 2022 yilgi Jahon chempionati uchun klublarga to'lovlar rasmiy musobaqa boshlanishidan 7 kun oldin boshlangan, yani o'yinchilar terma jamoa bilan yig'ilgan kundan etiboran hisoblanadi.
O'zbekiston terma jamoasining bir futbolchisi uchun FIFA uning klubiga taxminan qancha pul to'laydi?
- Tayyorgarlik davri 7 kun (terma jamoalar musobaqa boshlanishidan 2 hafta oldin yig'iladi, lekin tovon puli kunlari ko'pincha 7 kundan hisoblanadi).
- Guruh bosqichida ishtirok etgan jamoa odatda 3 ta o'yin o'tkazadi, bu taxminan 10-12 kun davom etadi (o'yinlar orasidagi dam olish kunlarini hisobga olganda).
- Agar jamoa guruh bosqichida uchib ketsa, o'yinchi terma jamoa bilan jami 17-19 kun (7 kun tayyorgarlik + 10-12 kun guruh bosqichi) vaqt o'tkazadi. Buning uchun o'rtacha 18 kun deb olamiz.
Bir o'yinchi uchun: 18 kun × 10,950 dollar/kun = 197,100 AQSH dollari.
Shunday qilib, agar terma jamoa 2026 yilgi Jahon chempionatida faqat guruh bosqichida ishtirok etsa, uning bir futbolchisi uchun FIFA o'yinchi klubiga taxminan 197,000 AQSH dollari to'laydi. Bu summa Qatardagi JCH raqamlariga asoslangan, JCH-2026 dasturining taqsimlash modeli hali elon qilinmadi.
"ECAda biz FIFA bilan hamkorlikda yangi innovacion FIFA CBP(Clubs Benefits Programme) ishlab chiqilganidan qo'llab-quvvatlaganimizdan mamnunmiz. Bu dastur dunyo bo'ylab yanada ko'proq klublarning o'z o'yinchilarini milliy terma jamoalarga yuborishi uchun mukofotlanishini taminlaydi va ECAning FIFA bilan tuzgan o'zaro memorandumi klublar futbolining uzluksiz rivojlanishini qanday qo'llab-quvvatlayotganini aniq ko'rsatib beradi," - dedi ECA raisi Nosir Al-Xelayfiy.
"Dasturning takomillashtirilgan nashri butun dunyo bo'ylab ko'plab klublar va ularning o'yinchilarining saralash o'yinlarida ham, final bosqichida ham qo'shgan ulkan hissasini etirof etadi" - deya fikr bildirdi FIFA prezidenti Janni Infantino yangi dastur haqida.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar