Pep Gvardiola: "Abduqodir Husanov jismoniy jihatdan ayni kuchga to'lgan Kayl Uokerga o'xshaydi"
23 sen 17:18
Yangiliklar
Pep Gvardiola: "Abduqodir Husanov jismoniy jihatdan ayni kuchga to'lgan Kayl Uokerga o'xshaydi"
"Aytish mumkinki, Abduqodir Husanov chap qanot himoyasidan tashqari himoyaning istalgan chizig'ida o'ynay oladi. U o'yinni his qiladi, ishonchli, barqaror va jismoniy jihatdan ayni kuchga to'lgan Kayl Uokerga o'xshaydi. U aql bovar qilmas darajada diqqatini jamlagan, o'rganishga chanqoq. U haqiqatan ham juda yaxshi ko'rindi. O'zbekistondan Franciyaga ko'chib o'tish va biz uchun og'ir mavsumda moslashish tajribasi... Bizda mavjud tizimga tez moslashmoqda. O'ylaymanki, uni oldindagi ko'p yillar davomida eng yaxshi xarid sifatida his qilib yashaymiz", – dedi Gvardiola.
Eslatib o'tamiz, Husanov APL 5-turidan o'rin olgan "Arsenal" bilan o'yinni asosiyda boshlab, jarohat tufayli tanaffusda almashtirilgan edi. "Shaharliklar" ertaga Liga Kubogi uchinchi bosqichida "Xaddersfild Taun" bilan ro'baro' keladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar