Keyn Angliyaga qaytmishni rejalashtirmayapti
24 sen 00:30
Yangiliklar
Avvalroq, 32 yoshli hujumchi kelasi yozda Myunxen klubini tark etib, Alan Shirerning Angliya Premer ligasidagi gollar soni bo'yicha rekordini yangilash uchun Angliyaga qaytishi mumkinligi haqida malumotlar tarqalgan edi. Keyn 213 ta gol urgan, Shirer esa 260 ta gol bilan liganing eng samarali to'purari bo'lib qolmoqda.
The Telegraph nashrining Keynga yaqin manbalari uning oilasi Myunxendagi hayotidan juda mamnun ekanligini takidlamoqda va uning "Bavariya"ni tark etib, kelasi yozda Angliyaga qaytishi ehtimoli haqida hech qanday izoh bermayapti. Katta ehtimol bilan, futbolchi yozda klubini o'zgartirmaydi.
Ingliz futbolchisining "Bavariya" bilan shartnomasi tugashiga ikki yildan kamroq vaqt qolgan. Agarda Keynning 56,7 million funt sterling (65 million evro) tovon puli to'lansa, u boshqa jamoaga o'tishi mumkin bo'ladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar