So’nggi yangiliklar

18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  0 17:48TVCOM'да бугунги тақвим: “Насаф” юлдузли “Ал-Иттиҳод”га қарши, “Арсенал” Лига Кубогида ва бошқалар  0 17:41"Динамо" БААда йиғин ўтказади  0 17:13Неймар операцияни бошдан кечирди  1 16:46"Андижон" "Ал Аҳли"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  4 16:19"Динамо" Маҳмуд Маҳамаджонов билан хайрлашди  4 15:59Слот "Ливерпул"да икки позицияни кучайтирмоқчи  1 15:35​Ўзбекистон МТЖ Қатарда йиғин ўтказади  1 15:18Равшан Эрматов: "Ўзбекистон март ойида КОНМЕБОЛ, КОНКАКАФ ва Африка жамоалари билан ўйнайди"  5 14:55Элит ОЧЛ. Мавсумнинг охирги ўйини қандай тугайди?  3 14:38Озарбайжон клуби "Машъал" футболчисига қизиқмоқда  0 14:21Ўзбекистон Канада билан ўйнайди  10 13:57"Милан" Австралияда ўйин ўтказмайди. Сабаби ошкор бўлди  2 13:30Қувондиқ Рўзиев: "Навбаҳор" мухлислари олдидаги қарзимни узишга ҳаракат қиламан"  5 13:14"Ал Иттиҳод" – "Насаф" беллашуви кореялик ҳакамларга топширилди  1

APL. "CHelsi" - "Manchester Siti" uchrashuvidan oldin faktlar Yangiliklar

APL. "CHelsi" - "Manchester Siti" uchrashuvidan oldin faktlar

Bugun tunda APLning 19-turi doirasidagi "CHelsi" - "Manchester Siti" bahsi bo'lib o'tadi.

Xo'sh, bugungi uchrashuv oldidan kim qanday kayfiyatda?

Aslini olganda ikkala jamoa ham so'nggi o'yinida sinxron natija qayd etdi. London klubi "Nottingem Forest" maydonida 1:1 hisobidagi durang qayd etdi. "SHaharliklar" esa o'z maydonida "Everton"ni mag'lub eta olmadi, 1:1. Demak, bu borada tenglik.

O'zaro o'yinlarda so'nggi paytlarda kichik ustunlik "Siti" tomonida. "CHelsi" "Siti"ga qarshi so'nggi 4 o'yinda 3 mag'lubiyat va 1 durang qayd etdi, aksiga olib, darvozaga gol ham ura olmadi. "Aristokratlar" "Man Siti"ni so'nggi bora 2021 yilgi ECHL finalida mag'lub etgandi, 1:0.

Agarda umumiy natijalarga etibor beradigan bo'lsak, o'zaro o'yinlardagi ustunlik "CHelsi" tomonida: 170 o'yinda 69 g'alaba. "Siti" esa shularning 61tasida muvaffaqiyatga erishgan. 40 bahsda g'olib nomi aniqlanmagan. "CHelsi" 228, "Siti" esa 217 gol urgan.

Ammo jamoalarning hozirgi kayfiyati xatto so'nggi o'yinga ham bog'liq emas. Birgina Xolandning o'zi "CHelsi"dan ko'p gol urgani, London klubi so'nggi 7 o'yinda g'alabaga erisha olmayotgani, shu boisdan 10-o'ringa tushib ketgani. Ha, Grem Potter shogirdlarining ishi yaxshi emas. Ammo muhim o'yinlar oldidan bu holat hech narsani o'zgartirmaydi. Tarixda bunday paytlarda "CHelsi" g'alabalarga erishganini ko'p ko'rganmiz.

Tarkibda yo'qotishlar bormi? Aslida "CHelsi"ning pastga sho'ng'ityogani sabablaridan biri ham shu. Ngolo Kante, Ben CHIlluell, Ris Jeyms, Eduar Mendi, Uesli Fofana, Armando Broya kabi futbolchilar lazaretda. "Siti"da esa Ruben Diash bahsni o'tkazib yuboradi.

Ammo bularga etibor bermang. Bizni oldinda zo'r o'yin kutmoqda:

"CHelsi" - "Manchester Siti". 01:00

London, "Uembli"

Bosh hakam: Pol Tirni

Qanot hakamlari: Konstantin Xatcidakis, Nil Devis.

To'rtinchi hakam: Robert Jons.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика