Anxel Lopes: "Har doimgidek hujumkor uslubda o'ynadik"
29 may 2022 21:33
Yangiliklar
Anxel Lopes: "Har doimgidek hujumkor uslubda o'ynadik"
Superliga 11-turidan o'rin olgan "Surxon" – "Bunyodkor" (1:0) o'yinidan keyin termizliklar bosh murabbiyi Anxel Lopes fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Biz ushbu uchrashuvga jiddiy taraddud ko'rgandik, chunki "Bunyodkor" bilan O'zbekiston Kubogi doirasida to'qnash kelgandik. Juda kuchli jamoa.
Biz tajovuzkor va har doimgidek hujumkor uslubda o'ynadik. Birinchi taymda yuqori pressingni amalga oshirib, har bir qarich er uchun kurashdik.
Umuman olganda, g'alabaga loyiq edik", – dedi Anxel Lopes.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar