Anvar Berdiev: "Natijadan qoniqdim. O'yindan esa yo'q"
27 mar 2024 21:23
Yangiliklar
Anvar Berdiev: "Natijadan qoniqdim. O'yindan esa yo'q"
O'yin haqida
- Bugun mavsumdagi ilk g'alabamizni qo'lga kiritdik. Mavsumning boshi har doim qiyin bo'ladi. Futbolchilarimizga raxmat aytaman. "Do'stlik" jamoasiga keyingi o'yinlarda omad tilayman.
- Vaziyatlardan foydalanish darajasiga qanday baho berasiz?
- Juda yomon. Bunaqa imkoniyatlarni qo'ldan boy bermaslik kerak. Futbolchi maydonga tushdimi, har doim maksimal harakat qilishi kerak. Mashg'ulotlarda bu borada ishlayapmiz.
- O'yinning 78-daqiqasida Nodirbek Mukarov birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi. O'sha vaziyatda hafsalangiz pir bo'lgandek ko'rindi...
- Bu vaziyat bo'yicha Mukarovni o'zi bilan gaplashganmiz. U o'sha vaziyatda gol bo'ldi deb o'ylagan. Vaziyatgacha bir oz bo'shashdi. Lekin Mukarov bugun o'ziga bo'lgan ishonchni oqladi. Jamoamizning birinchi golini urdi. Vaziyatlarni ko'rib chiqib, tahlil qilamiz.
- "SHo'rtan" yarim soat mobaynida bir kishi ko'p bo'lib harakat qildi. Natijadan qanchalik qoniqdingiz?
- To'g'risini aytsam, natijadan qoniqdim. O'yindan esa yo'q. Futbolchilarim bundan ko'prog'iga qodir edi.
- Oldinda "Mashal"ga qarshi o'yin kutib turibdi. Bu uchrashuv haqida nimalarni ayta olasiz?
- Bugungi o'yindan so'ng futbolchilarga bir kun dam beramiz. Keyin mashg'ulotlarga kirishamiz. "SHo'rtan" har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga chiqadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar