Anvar Berdiev: “Birinchi bo'limda qiyinchiliklarga duch keldik”
11 sen 2024 21:51
Yangiliklar
Anvar Berdiev: “Birinchi bo'limda qiyinchiliklarga duch keldik”
O'yin haqida
- Fursatdan foydalanib, O'zbekiston terma jamoasini va barcha yurtdoshlarimizni jahon chempionati saralashi doirasidagi dastlabki 2 ta o'yinda qo'lga kiritilgan g'alabalar bilan tabriklaymiz. Bugungi uchrashuv haqida aytadigan bo'lsak, oson bo'lmagan o'yinda g'alabaga erishdik. Birinchi bo'limda jamoamiz anchayin qiyinchiliklarga duch keldi. “Aral” yaxshi shakllangan jamoa. Ikkinchi bo'limda yigitlar qo'shimcha kuch topib, bizga muhim g'alabani taqdim etishdi. Rahbariyat, jamoa azolari va muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman.
- Bugun bir nafar hujumchi bilan o'yinni boshladingiz. Bu raqibdan kelib chiqib tanlangan ehtiyotkorlik uslubi edimi?
- Yo'q, biz har o'yinda ko'proq hujumkorlikka etibor qaratayapmiz. Futbolda qaysidir futbolchida charchoq alomatlari seziladi. SHu boisdan bugun Muhriddin Zoirovni ikkinchi bo'limda maydonga tushirdik. O'yin boshidan Javohir Hasanov hujum chizig'ida harakat qildi. O'ylashimcha, bu qaror to'g'ri bo'ldi. Har bir futbolchi o'ziga berilgan vazifani to'liq bajarishga harakat qildi.
- Temur Nabiev ko'rsatgan o'yin haqida fikringiz?
- Temur yaxshi himoyachi. Bugun ham yaxshi harakat qildi. Futbolchi maydonda borini berib o'ynasa, albatta murabbiyning etiborini qozonadi.
- Jasur Xolto'raev maxsus niqobda o'ynadi. Buni sababi nima?
- Jasur “Buxoro” bilan o'yinda burnidan jarohat olgandi. SHu bois bugun maxsus niqob bilan harakat qildi. Albatta, u o'yin davomida katta hajmdagi ishni bajarib, jamoamiz g'alabasiga o'z hissasini qo'shdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar