"Angliya Evro-2024da g'alaba qozonmasa, hayron qolaman"
20 mar 2024 18:54
Yangiliklar
"Angliya Evro-2024da g'alaba qozonmasa, hayron qolaman"
"Angliya Evroni yutadi, agar chempion bo'la olmasak, hayron qolaman. Kim bizdan kuchliroq? Franciya bo'lishi mumkin. JCH-2022da Franciya bilan so'nggi bor to'qnash kelgandik va o'sha uchrashuv teng kurashlar ostida kechgandi, ammo Xarri Keyn penaltidan foydalana olmagan. Keyn penaltidan gol urganida, biz aniq g'alaba qozongan bo'lar edik.
Germaniya? Yo'q, Portugaliya? Yo'q, ular qariyotgan terma jamoa. Angliya yutuq va mag'lubiyatlarga to'la tajribaga ega. Angliya tayyor.
Angliya terma jamoasi bilan hech kim tenglasha olmaydi. Bizning zaxiramizdagi futbolchilar, boshqa terma jamoaning asosiy tarkibidan joy olishi aniq. Markus Reshford va Jek Grilish kabi futbolchilar terma jamoaga jalb etilmaydigan biror bir mamlakatni bilmayman. Evropa terma jamoalaridan faqatgina Kilian Mbappe va Virjil Van Deyklarni Angliya terma jamoasiga qo'shish mumkin", - dedi "Arsenal" sobiq futbolchisi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Fikrlar