Pogba tuya poygalariga investiciya kiritdi: "Sport bu - sport, asoslari o'xshash. Dunyodagi eng qimmat tuyaga egalik qilishni xohlardim"
10 dek 2025 18:15
Yangiliklar
Pogba tuya poygalariga investiciya kiritdi: "Sport bu - sport, asoslari o'xshash. Dunyodagi eng qimmat tuyaga egalik qilishni xohlardim"
"Men YouTube orqali anchagina [tuya] poygalarini tomosha qildim va bo'sh vaqtimda texnika hamda strategiyalarni tushunishga harakat qilib, mavzuni o'rgandim. Barcha ishtirokchilardan qanchalik fidoyilik talab qilinishi meni hayratda qoldirdi. Yakunda, sport bu — sport. U yurak, fidoyilik va jamoaviy ishni talab qiladi.
Ehtimol, odamlar buni anglamas, ammo barcha sport turlari o'zaro bog'liq. Xoh futbol bo'lsin, xoh tuya poygasi yoki boks – asoslar o'xshash. Maqsad sari intilish, diqqatni jamlash, intizom va qatiyat kerak. Yakunda aynan shu narsalar o'yinchilarni chempionga aylantiradi.
Bir kun kelib dunyodagi eng qimmat tuyaga egalik qilish ciklni chiroyli yakunlash bo'lardi – bu qandaydir quvnoq, ahamiyatli va meni hayajonlantiradigan narsa. Balki, bir kun kelib buni amalga oshirarmiz", – dedi Pogba.
"Polning ishtiroki o'zgartiruvchi xususiyatga ega. Uning tasiri, etakchilik qobiliyati va madaniy qadriyatlarga bo'lgan ishtiyoqi "Al-Habub" ilgari surayotgan g'oyalarni aniq aks ettiradi.
Bu hamkorlik – shunchaki poygalardan ko'ra kattaroq narsa. Gap dunyo miqyosida tan olinishga loyiq merosni etkazish haqida ketmoqda", – dedi tadbirkor va "Al-Habub" asoschisi Omar Almaena.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar