So’nggi yangiliklar

09:22Forbes. Дунёнинг энг сердаромад спортчилар рейтинги тузилди  0 08:54Жозе Моуринью фаолиятини терма жамоада давом эттиришга яқин  2 08:23Ямал Роналду билан тенглашиб олди  4 07:55Флик мавсум ҳақида: “Мавсумдаги энг ёқимли лаҳзалар? “Реал“га қарши тўртта классико“  9 07:28Суперлига. Бугун 10-турга старт берилади  0 02:28"Барселона" - Испаниянинг 28 карра чемпиони!  55 01:42Бруну Фернандеш: "Умид қиламанки, келаси йили энг яхшиси мен бўлмайман"  0 00:55Карим Бензема ва "Ал Иттиҳод" - Саудия Арабистони чемпиони!  4 00:35Альба шартномани узайтарди  0 23:57ЛаЛига. "Атлетико" сафарда мағлуб бўлди  1 23:20Россия термаси Осиёда Аргентинага қарши ўйнаши мумкин  9 22:59АПЛда мавсумнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодлар маълум!  6 22:28АПЛда мавсум мураббийи бўлиш учун номзодлар маълум қилинди  1 21:43Эрон. "Персеполис" мавсумни ишончли ғалаба билан якунлади, Остон Ўруновдан гол!  5 21:24АПЛда мавсум футболчиси ким бўлади? Номзодлар билан танишинг  5

Andrii Melnik: "To'g'risini aytsam, guruh bosqichidan keyin muxlislar ancha kam bo'ladi deb o'ylagandim, ammo bugun hayratda qoldim" Yangiliklar

Andrii Melnik: "To'g'risini aytsam, guruh bosqichidan keyin muxlislar ancha kam bo'ladi deb o'ylagandim, ammo bugun hayratda qoldim"

Futzal bo'yicha jahon chempionati 1/8 finalida Niderlandiyaga qarshi o'yindan so'ng (3:1) Ukraina azosi Andrii Melnik saytimizga intervyu berdi.

"Bugun juda qiyin o'yin o'tkazdik. Nihoyat, murabbiy yuqori darajada o'ynay olishimni isbotlashim uchun imkoniyat berganidan xursandman. 

Jamoamizda har bir o'yinchi o'z oldiga yuksak maqsad qo'yadi, jamoaviy vazifamiz esa g'alaba qozonishdan iborat. 

Bugungi ikki golimni rafiqam va farzandimga bag'ishlayman.

To'g'risini aytsam, guruh bosqichidan keyin muxlislar ancha kam bo'ladi deb o'ylagandim. Ammo bugun ularning soni avvalgidan ham ko'p ekanligi meni hayratda qoldirdi. Ishqibozlarimizning qo'llab-quvvatlovi bizga qo'shimcha kuch bag'ishlaydi. 

Bizning vazifamiz har bir o'yinda g'alaba qozonish va buning uchun bor kuchimizni ishga solib, har bir uchrashuvni final kabi o'tkazamiz", dedi dubl muallifi.

Eslatib o'tamiz, Ukraina chorak finalda Ispaniya — Venesuela juftligi g'olibi bilan to'qnash keladi.


Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика