Andrey Pyatnickiy: "SHu kunlarda Samarqandga yo'l olaman va infratuzilma bilan tanishaman"
09 jan 2024 13:59
Yangiliklar
Andrey Pyatnickiy: "SHu kunlarda Samarqandga yo'l olaman va infratuzilma bilan tanishaman"
Toshkentda tug'ilgan Andrey Vladimirovich kecha "Olimpiya" - "Dinamo" uchrashuvini bevosita stadiondan kuzatdi. Uchrashuvdan so'ng uning fikrlarini tingladik.
"Samarqandning "Dinamo" jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramovdan chorlov bo'ldi. Bilasiz, futbol sir-asrorlarini O'zbekistonda o'rganganman. O'zbekiston mening birinchi vatanim, futbolchi sifatida "Paxtakor"da tanilganman. SHu bois vatanga xursandchilik bilan qaytdim. Qaerga borsam ham O'zbekiston mehmondo'st xalq ekanligini aytishdan charchamayman. Vataningda ishlashni taklif qilishar ekan nima uchun yo'q deyishim kerak? CHorlovni mamnuniyat bilan qabul qildim.
O'zbek futbolidagi yutuqlar bilan doim faxrlanaman. CHempionat, klublar bilan doim qiziqib borishimni aytishim kerak. SHu kunlarda Samarqandga yo'l olaman. Infratuzilma bilan tanishaman. Albatta oson bo'lmaydi. CHunki o'tgan yili o'rinbosarlar jamoasi bo'lmagan. Barchasini noldan boshlashga to'g'ri keladi.
Toshkentda bir nechta uchrashuvlarni kuzatishga muvaffaq bo'ldim. Bolalar, yoshlar jamoalari o'yinlarini ko'rdim. Bu borada nima kerakligini bilaman va tajribamdan kelib chiqib g'alabalarga hissamni qo'shishga harakat qilaman. O'ylaymanki, hammasi yaxshi bo'ladi",- deydi Pyatnickiy

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar