So’nggi yangiliklar

15:59"Ливерпуль" еврокубокда илк бор англиялик футболчиларсиз таркибни майдонга туширди  0 15:33Фарғонада "Нефтчи" ғалаба қозонадими? Олмалиқда нима бўлади? — 22-тур олдидан мутахассис фикри  0 15:17Суперлига. 22-тур дисквалификациялари: "Динамо", "Андижон" ва "Пахтакор"да йўқотишлар бор  3 14:57Гвардиола Ҳусанов нега "Сити"нинг ҳар бир ўйинида бошланғич таркибда тушолмаслигини тушунтирди  6 14:39"Челси" ва "Тоттенхэм" "Барселона" футболчиси учун курашга киришди  0 14:10Испания ЖЧ-2026дан воз кечишга тайёр — сабаб Исроил  11 13:42ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон бир поғона юқорилади  9 13:26Максим Шацких: "Биз сафарда Туркманистон терма жамоасига қарши ўйнадик, буни унутмаслик керак"  10 12:54УЕФА Англия клубини мухлислар баннери туфайли жазолади  2 12:20МЮ Аморимнинг ўрнига бошқа мураббий излаётгани ҳақидаги хабарлар рад этилди  1 11:50Жозе Моуринью: "Бенфика"дан таклиф бўлганида бир сония ҳам иккиланмадим"  3 11:25Сон Хён Мин "Реал" билан ўйинда хет-трик қайд этди  10 10:45Ўзбекистон U-16 терма жамоаси бугун Черногория билан ўйнайди   6 10:05Мареска "Бавария" билан ўйиндаги ҳакамликни танқид қилди  12 09:40Рустам Турдимуродов: "Сурхон" ҳеч қайси жамоадан кам эмаслигини исботлаймиз"   5

Andrey Kanchelskis - Tashkilotchilar, omad, gollar va No'mon Hasanov haqida Yangiliklar

Andrey Kanchelskis - Tashkilotchilar, omad, gollar va No'mon Hasanov haqida

Coca Cola Superligasi 11-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Mashal" (0:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Andrey Kanchelsksis o'z fikrlarini bildirdi.




"Birinchi navbatda "Mashal"ni g'alaba bilan tabriklayman. Barakalla, yigitlar. Ikki xil taym bo'ldi. Birinchi taymda juda yomon o'ynadik. Ikkinchi taymda vaziyatlarga ega bo'ldik, hisobni tenglashtirishimiz kerak edi. Qaerdadir omad kelmadi, bu futbol.

Tashkilotchilarga rahmat aytaman. Oldingi tur bilan solishtirganda yaxshiroq maydon va qulay vaqtga belgilab berishganiga rahmat.

Bugun maydonga tushgan futbolchilarga rahmat. Ularga ikkinchi taym uchun etirozim yo'q. Birinchi taymni esa tahlil qilamiz. Hayot davom etadi, keyingi turdagi AGMK bilan o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz.

Bugun g'alaba uchun nima etishmadi? Gollar etishmadi. Tarkibimizda yo'qotishlar bor. Bir qancha futbolchilarda kasallik simptomlari bor. Ammo tarkibimizda boshqa futbolchilar ham bor, ular maydonga tushib o'ynashlari kerak. Koronavirus bizni ham chetlab o'tgani yo'q. Tahlil qilamiz, gaplashamiz. Bugun biz mag'lub bo'ldik, raqib esa yutdi, "Mashal"ni tabriklayman.

No'mon Hasanov "Navbahor"da mening yordamchi bo'ladi. Mashg'ulotlar jarayonida ham, boshqa ishlarda ham. Ayni paytda mening yordamchim karantin tufayli Moskvadan kela olmayapti shu bois Hasanov menga yordam beradi", - deydi Andrey Kanchelskis.


Reyting: -44   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика