So’nggi yangiliklar

17:21"Қўқон-1912" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  0 15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  6 15:19ЎзЭл Классикосига превью  14 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  5 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  14 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  6 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2

Andrey Fyodorov: "Buxoro" yomon jamoa emas ekan" Yangiliklar

Andrey Fyodorov: "Buxoro" yomon jamoa emas ekan"

Superliga 3-turida "Buxoro" mag'lub etilganidan keyin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Andrey Fyodorov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.




- Ilk navbatda yigitlarni g'alaba bilan tabriklayman. Yigitlar nafaqat natija, balki o'yin bobida ham yuqori sifat qayd eta olishdi. Bu endi 3-tur. Ilk turda "Andijon"ga qarshi o'yindan keyin ham aytib o'tganimdek, kollektvimiz yangi va ular hali jipslashib olganicha yo'q. Hozircha ular biz kutganimizdek o'ynay olishmayapti. Biroq ular o'yin davomida faqatgina kurashib, to'p uchun talashmasdan, o'yinga bo'lgan chanqoqlikni ko'rsata olishmoqda. "Buxoro" uzun paslardan voz kechib, kichik paslar orqali o'yin ko'rsatishni boshlagan paytda biz ham ortda o'ynashga majbur bo'ldik. O'shanda to'p uchun kurashishga qiynaldik. Raqiblar tarkibida boshi bilan yaxshi zarba bera oladigan futbolchilar borligi uchun iloji boricha to'pni xavoga ko'tarmadik. Raqiblar yaratgan bir necha xavfli vaziyatlarni yo'qqa chiqardik. Gol o'tkazib yubormaganimizdan xursandman.

- Raqiblar haqida qanday fikrdasiz?
- "Buxoro" ham yomon jamoa emas. Ularning tarkibida ham katta o'zgarishlar bo'ldi. To'g'ri, natijalar borasida unchalik holat yaxshi emas. Ayta olamanki, ushbu jamoaning tarkibini yuqori sifatli futbolchilar tashkil etadi.

- Temurxo'ja Abduxoliqov agar yana bir gol urganida faoliyatidagi gollari soni 100taga etib, Gennadiy Kranickiy klubiga azo bo'lishini bilganmidingiz?
- To'g'risini aytsam, bilmagandim. U bugunning o'zida uchta gol urib, ushbu klubga azo bo'lishi mumkin edi.

- Keyingi o'yinda jamoa unga bu borada yordam beradimi?
- Faqat unga o'ynashmi? Balki bundan buyog'iga u zaxirada qolar, qaerdan bilasiz? Balki uning 100-golini urishiga to'sqinlik qilarman (kuladi).

- Yangi legionerlar jamoaga qanchalik darajada moslashib ketdi?
- Hozircha ular jamoaga unchalik darajada moslasha olishmadi. Legionerlar jamoaga, chempionatga, mamlakatga moslashishda davom etishmoqda. Umid qilamanki, bu jarayon kutganimdan tezroq o'tib ketadi.

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика