Andijon viloyati hokimi Andijon-SGS jamoasi azolari bilan uchrashdi
07 apr 2022 12:16
Yangiliklar
Andijon viloyati hokimi Andijon-SGS jamoasi azolari bilan uchrashdi
Bo'lajak uchrashuvga andijonliklar har tomonlama puxta tayyorgarlik ko'rishga harakat qilmoqda. Futbolchilardagi ishtiyoqni oshirish, ulardagi ruhiyatni yanada ko'tarish maqsadida kuni-kecha Andijon viloyati hokimi SHuhratbek Abdurahmonov jamoa azolari bilan uchrashdi.
Jamoa bosh homiysi «SHirin Gaz Servis» korxona raisi Muqaddas Rahimova boshchiligidagi «Andijon-SGS» futbol klubini viloyat hokimi juda iliq qarshi oldi. Uchrashuvda SHuhratbek Abdurahmonov «Andijon-SGS» jamoasini har biri o'yini natijasidan xabardor bo'lib borayotganini, ayniqsa O'zbekiston Kubogi saralash bahslarida uchta bahsda uchta g'alaba qilingani kishini xursand qilib yuborganini alohida takidlab o'tdi.
Andijon viloyati hokimi futbolchilar bilan suhbatlashish chog'ida ulardan kelajakda umidi katta ekanligini, sharoitlar borasida muammo bo'lmasligini aytib o'tdi. SHuhratbek Abdurahmonovning «Andijon-SGS»ga qaratayotgan bunday etibori, o'z navbatida rasmiy uchrashuvlar oldidan jamoaning har bir azosiga qo'shimcha kuch bag'ishladi.







«Andijon-SGS» matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar