So’nggi yangiliklar

17:46Диёра Ҳабибуллаева – "Севинч" аъзоси!  0 17:30Суперлига. 17-тур дисквалификациялари: "Динамо", "Сўғдиёна" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  0 17:13МЮ "Реал" футболчиси учун йирик таклиф билан чиқмоқчи  4 16:44"Андижон" собиқ футболчиси фаолиятини Черногорияда давом эттиради  2 16:16"Реал" собиқ ҳужумчиси Греция жамоасига ўтди  0 15:48Манба: Ўзбекистон МТЖнинг CAFA турнири учун эҳтимолий таркиби  11 15:27"Футбол олами". "Нефтчи"да мағлубият, "Андижон"да йирик ғалаба, Самарқандда дуранг  0 15:16Доннарумма ПСЖ билан шартномани бекор қилишга тайёр  2 14:48Эшитдик-да! Ўзбекистон терма жамоасининг CAFA мусобақаси учун таркибини Кападзенинг ўзи йиғади  14 14:28Breaking! Асилбек Жумаевга Европадан қизиқиш бор  12 14:07"Манчестер Сити" етакчиларидан бирига янги шартнома таклиф қилади  0 13:38Неймар футбол тарихидаги энг яхши ярим ҳимоячи кимлигини айтди  5 13:09"Ньюкасл" бош мураббийи Исак билан боғлиқ ҳолатга изоҳ берди  0 12:41"Милан" Яшари трансферини ҳал қилди  0 12:13"Нефтчи" футболчисини четлатиш, "Сурхон" дарвозасига эса пенальти белгилаш керак эди – 16-турдаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  5

“Andijon”: Saraton kasalligi bilan kurashayotgan Jahongirni qo'llab-quvvatlaymiz Yangiliklar

“Andijon”: Saraton kasalligi bilan kurashayotgan Jahongirni qo'llab-quvvatlaymiz

Yaqinda O'zbekiston Professional Futbol Ligasi tomonidan “Saratondan soyabon bo'l” nomli xayriya akciyasi tashkil etilgandi.

“Andijon” futbol klubi ham mazkur xayrli ishda faol ishtirok etishni maqsad qilgan.

Kuni-kecha jamoa azolari Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon viloyati filialiga tashrif buyurdi.

Ushbu shifoxonada futbolchilar saraton kasalligi bilan kurashib kelayotgan voyaga etmagan bolalar bilan uchrashib, ularga estalik sovg'alarni ulashdi hamda dildan suhbatlashgan xolda, yuqori kayfiyat ulashishga xarakat qildi.

Klub matbuot xizmatining malumot taqdim etishicha, “Saratondan soyabon bo'l” xayriya akciyasida ishtirok etishi uchun jamoa tomonidan 2006 yilning 24 iyul kuni Andijon viloyati, Marhamat tumanida tavallud topgan Abdusalomov Jahongir Ikromjon o'g'li tanlab olindi. Jahongirning xayriya akciyasida ishtirok etishi uchun, uning ommaviy axborot vositalarida keng tarzda targ'ib etilishiga onasi Mahfuzaxon Dadajonova qarshi emasligini takidladi. Voyaga etmagan J.Abdusalomovga moddiy yordam ko'rsatish maqsadida shu kunlarda uning otasi Ikromjon Dadajonovning nomiga plastik kartochkasi ochilmoqda. Bu borada keyinroq yana batafsil malumot beramiz.

Nasib etsa 16 may kuni Superliganing 9-turidan o'rin olgan “Andijon” – “Paxtakor” o'yiniga Jahongir ham tashrif buyuradi va o'yin avvalida jamoaviy rasmga tushish, uchrashuvni ramziy manoda boshlab berish va o'yindan keyingi matbuot anjumanida bevosita ishtirok etish kabi tadbirlarda qatnashadi.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика