So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  18 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  2 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

"Neftchi" futbolchisini chetlatish, "Surxon" darvozasiga esa penalti belgilash kerak edi – 16-turdagi hakamlik faoliyati tahlili Yangiliklar

"Neftchi" futbolchisini chetlatish, "Surxon" darvozasiga esa penalti belgilash kerak edi – 16-turdagi hakamlik faoliyati tahlili

Rossiyalik ekspertimiz barcha bahsli vaziyatlarni ko'rib chiqdi.

Championat.asia saytining hakamlik faoliyati bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" Telegram kanali muallifi) va uning hakamlar jamoasi Superliganing 16-tur uchrashuvlaridagi bahsli vaziyatlarni tahlil qildi.

 

❌ "Neftchi" - "Bunyodkor"

Fikrimcha, hakam sariq kartochka ko'rsatish haqidagi qarorini o'z kuchida qoldirib, noto'g'ri yo'l tutgan. VAR vaziyatga to'g'ri aralashdi, hakam "Neftchi" jamoasi o'yinchisiga jiddiy qoidabuzarlik uchun qizil kartochka ko'rsatishi lozim edi. U raqib tomon oyog'ini baland ko'tarib, oyoq kaftini qayirib, butsasining tag qismini qurol sifatida ishlatdi va "Bunyodkor" o'yinchisi tezlikda darvoza tomon harakatlanayotganda uning tizza qismiga tegib ketdi. Bu jiddiy qoidabuzarlik bo'lib, jarohat etkazish xavfini tug'diradi.

BAHSLI VAZIYATNI TOMOSHA QILISH


"Dinamo" - "Navbahor"

Gol to'g'ri holatda bekor qilindi: "Dinamo" o'yinchisi pas uzatilgan paytda himoyachilardan ko'ra darvoza chizig'iga yaqinroqda joylashgandi. Takidlash joizki, hakam yordamchisi to'g'ri yo'l tutib, hujumni davom ettirishga imkon berdi va epizod yakunlangach, o'yindan tashqari holatni qayd etish haqida qaror chiqardi.

BAHSLI VAZIYATNI TOMOSHA QILISH


"Dinamo" - "Navbahor"

Hakamning "Navbahor" foydasiga penalti belgilashi va "Dinamo" o'yinchisiga sariq kartochka ko'rsatishini to'g'ri qaror deb hisoblayman, VAR ham o'rinli aralashgan. Himoyalanayotgan taraf azosi aniq-ravshan holatda qo'llari bilan raqibini ushlab qolgan, o'sha vaziyatda to'p ular turgan hudud tomon harakatlanayotgandi. Bu qisqa muddatli emas, balki uzoq davom etgan "to'xtatish" bo'lib, bunda ikki tomonlama kurash mavjud emas. "Dinamo" jamoasi o'yinchisi atayin orqa tarafdan raqibini ushlab qolgan. Yakuniy qaror to'g'ri qabul qilingan.

BAHSLI VAZIYATNI TOMOSHA QILISH


"Dinamo" - "Navbahor"

Hakamning "Dinamo" foydasiga penalti belgilash qarorini qo'llab-quvvatlayman. Biroq, menimcha, VAR bu vaziyatga aralashmasligi kerak edi. Hakamning ideal joylashuvini alohida takidlash lozim - u epizodni aniq-ravshan ko'rdi. "Navbahor" himoyachisi raqibning harakat yo'nalishini orqadan aylanib o'tib, qo'llarini ishlatdi va shu bilan uning harakatlanishiga to'sqinlik qildi. To'g'ri, to'qnashu (kontakt) minimal ko'rinishga ega, ammo vaziyatda oyoq bilan ham ozgina tegish bo'lishi mumkin. "Dinamo" o'yinchisi poziciya uchun kurashda ustunlikka erishib, oldinga harakatlangan. Orqadagi himoyachi esa uning qo'lini chirmab, biroz orqaga tortadi va shu bilan hujumchining muvozanatini buzib, tezligini pasaytirgan.

BAHSLI VAZIYATNI TOMOSHA QILISH


"Sho'rtan" - "Xorazm"

Epizodda "Xorazm" himoyachisining oyog'i ofsayd chizig'ida qolgani sababli, "Sho'rtan" hujumchisi to'g'ri holatdan yugurib chiqib ketishga muvaffaq bo'ldi. Hakam yordamchisining o'yindan tashqari holatni belgilamaslik haqidagi yaxshi va jasur qarorini alohida takidlab o'tmoqchiman.

BAHSLI VAZIYATNI TOMOSHA QILISH


"Surxon" - "Qizilqum"

VARning qarori o'g'ri, eng muhimi, bosh hakamga vaziyat juda yaxshi ko'rsatib berildi. "Surxon" himoyachisi oyog'ini hujumchi oyog'ining yon tomoniga tashlagan, ammo ular orasida hech qanday to'qnashuv mavjud emas. "Qizilqum" o'yinchisi hakamni aldashga urinmoqda, shu bois, bu holat simulyaciya hisoblanadi. Penalti to'g'ri bekor qilindi, hujumchiga esa sariq kartochka ko'rsatilishi kerak edi.

BAHSLI VAZIYATNI TOMOSHA QILISH


"Surxon" - "Qizilqum"

Bu holatda esa "Qizilqum" foydasiga penalti belgilanishi lozim edi. "Surxon" himoyachisining qo'li gavdasidan uzoqlashgan holda, tana maydonini kengaytirgan, shuningdek, to'p tomon harakat ham bo'lgan. Zarba berilgach, to'p qo'lga tegib, tezligi pasaygan va uchish yo'nalishi o'zgargan. VAR vaziyatga to'g'ri aralashgan, biroq bosh hakam negadir penalti belgilamaslikka qaror qilgan.

BAHSLI VAZIYATNI TOMOSHA QILISH


Shu tariqa, Superliganing 16-tur o'yinlarida hakamlar ikkita xatoga yo'l qo'yishgan.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика