"Real" sobiq hujumchisi Greciya jamoasiga o'tdi
05 avg 2025 16:16
Yangiliklar
"Real" sobiq hujumchisi Greciya jamoasiga o'tdi
Hujumchi Luka Yovich rasman CSKA sobiq bosh murabbiyi Marko Nikolich boshchiligidagi Afinaning AEK jamoasiga qo'shildi.
26 yoshli hujumchining "Milan"dan transferi Greciya klubi rasmiy sayti tomonidan tasdiqlandi.

"Luka, AEK oilasiga xush kelibsan! Senga mustahkam sog'liq va jamoamiz tarkibida katta muvaffaqiyatlar tilaymiz", – deyiladi Greciya klubi bayonotida.
Yovich "Milan"ga 2023 yilda kelib qo'shilgan va jamoa tarkibida 47 o'yin o'tkazib, 13 ta gol urgan. 2024/25 yilgi mavsumda A Seriya va Italiya Kubogida 17 ta o'yin o'tkazib, 4 ta to'p kiritgan.
Serbiyalik forvard faoliyati mobaynida "Crvena Zvezda", "Benfika", "Ayntraxt F", "Real" va "Fiorentina" jamoalari sharafini himoya qilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
Fikrlar