MYU "Real" futbolchisi uchun yirik taklif bilan chiqmoqchi
05 avg 17:13
Yangiliklar


MYU "Real" futbolchisi uchun yirik taklif bilan chiqmoqchi
"Manchester Yunayted" "Real"ga vinger Vinisius Juniorni 200 million evroga sotib olish bo'yicha taklif tayyorlamoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, ingliz klubi braziliyalik futbolchining maosh borasidagi kelishmovchiliklar tufayli "Real" bilan shartnomasini uzaytirish borasida yuzaga kelgan noaniqlikdan foydalanib qolmoqchi.
Qayd etilishicha, Vinisius "Manchester Yunayted"ning yangi davri uchun eng muhim xaridga aylanishi mumkin, ammo hozircha na "Real" va na futbolchining o'zi ehtimoliy transfer borasida o'z poziciyasini bildirgan.
Agar transfer amalga oshsa, bu Angliya chempionati uchun rekord bo'ladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar