Donnarumma PSJ bilan shartnomani bekor qilishga tayyor
05 avg 15:16
Yangiliklar
Donnarumma PSJ bilan shartnomani bekor qilishga tayyor
PSJ darvozaboni Janluiji Donnarumma jamoani tark etishi mumkin.
Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar berdi.
Parijliklar futbolchi uchun yangi klub topa olmasa, Donnarumma PSJ bilan shartnomasini bekor qilishga tayyorligi malum bo'ldi.
Italiyalik darvozabon vakillarining "Galatasaroy" va "Manchester Yunayted" bilan muzokara jarayoni hali boshlanmagan. Bu klublar Donnarummani qo'lga kiritish uchun davogarlik qilmoqda.
Avvalroq PSJ "Lill" posboni Lyuka Shevale bilan 40 million evro evaziga shartnoma imzolashi haqida xabarlar tarqalgandi.
Donnarumma o'tgan mavsum parijliklar safida 47 o'yin o'tkazib, o'z darvozasidan 43 ta to'p olib chiqqan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar