So’nggi yangiliklar

18:36Лондон клуби Эндрикни ижарага олмоқчи  0 17:48"Ньюкасл" "Манчестер Сити" футболчисини харид қилмоқчи  1 17:12Рейндерс: "Милан"нинг "Интер"га қарши ўйинини албатта томоша қиламан"  0 16:45Модрич: "Биз бу муваффақият билан фахрланишимиз керак"  0 16:20Мбаппе ва Зидан бир жамоада ўнайди-ми?!   1 15:55"Арсенал"нинг яна бир футболчиси термадан жароҳат билан қайтди  0 15:29Ўзбекистон Эронга қарши қандай рангдаги либосда ҳаракат қилади?  7 15:01Қозоғистондаги энг қиммат стадион? Актобедаги янги аренанинг нархи эълон қилинди  9 14:36"Барса" ёзда Левандовскининг ўрнига топ-форвардни сотиб олишни ўйламоқда, номзодлар ҳам маълум  6 14:08Каземиро: "Реал" учун қайғуришга вақтим йўқ"  4 13:13Ферран Торрес Испания терма жамоасидаги 23-голини урди ва Рамос ҳамда Ди Стефанога етиб олди  2 12:38"Манчестер Юнайтед" Аюб Буадди билан шартнома имзолашга яқин турибди  5 12:13"Ливерпуль" ван Дейкка ўринбосар топди  2 11:28"Манчестер Юнайтед" "Порту" хавбеки учун "Атлетико" билан курашади  0 10:53ESPN Европанинг энг яхши ёзги трансферлари рейтингини эълон қилди  6

"Andijon" qishki tanaffusda qanday o'zgardi: Xebaysiz, ammo yangi hujumchilar bilan Yangiliklar

"Andijon" qishki tanaffusda qanday o'zgardi: Xebaysiz, ammo yangi hujumchilar bilan

"Burgutlar" o'tgan mavsum O'zbekiston chempionatining asosiy kashfiyotlaridan biriga aylandi.

Superligaga qaytgan klub birinchi mavsumida ettinchi o'rinni egallagan bo'lsa-da, yuqoriroq o'rinni band etish imkoniyatiga ega edi.

"Andijon" mavsum oralig'ida qanday o'zgargani haqida to'xtalamiz. 

Tarkib va transferlar

Avvalo Rubin Xebayning jamoadan ketganini qayd etish kerak. Albaniyalik futbolchi o'tgan mavsum "Andijon"ni oldinga boshladi: "gol+pas" tizimida 15 ochko to'pladi, bu jamoaning Superligadagi gollarining yarmidan ko'pini tashkil etadi ("Andijon" jami 27 ta gol urgandi). Xebayning ishtiroki yuqori baholandi – PFL uni mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb tan oldi.



Qishda Xebay Saudiya Arabistonining ikkinchi divizioniga yo'l oldi va u erda "Al Oruba"ga elitaga chiqish vazifasini bajarishda yordam beradi. Rubinning yangi jamoasi hozir uchinchi o'rinda va Saudiya Arabistoni Pro-ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritishga yaqin turibdi. Tez orada Xebayni Neymar, Ronaldu, Fabino, Kante, Benzema, Mane va boshqa yulduzlarga qarshi o'yinlarda ko'rishimiz mumkin.

Xabaydan tashqari Sardor Abdunabiev, Dilshod Komilov, Bobur Farhodov, Ibroxim G'anixonov va Abbos Ergashboev "Andijon"dan ketishdi. Ulardan faqat Abdunabiev va Komilov asosiy o'yinchilar bo'lgan, shu bois andijonliklar o'tgan yilgi asosiy tarkibni saqlab qola oldi deyishimiz mumkin.

Kuchayishga kelsak, jamoaga quyidagilar kelib qo'shilishdi:

Sunnatilla Abdullajonov ("Neftchi");

Bektemir Abdumannonov ("Metallurg");

SHerzod Esanov ("Olimpik", ijaradan qaytdi);

Maksim Sarraf (CSKA);

Demir Imeri ("Atirau");

Abubakir Rejabboev ("Andijan-SGS");

Marlen CHobanov ("Turon");

Luka Zgurskiy (CSKA);

SHahrom Samiev ("Milsami");

Rustam Turdimurodov ("Paxtakor").



Albatta, Xebayning ketishi "Andijon"ni kuchsizlantirdi, ammo uning o'rniga 3 nafar hujumchi olindi! Luka Zgurskiy – CSKAning 18 yoshli tarbiyalanuvchisi, Rossiya U-21 terma jamoasi futbolchisi. Rustam Turdimurodov o'tgan yili "Energetik-BGU" safida to'p tepgan, huquqi "Paxtakor"ga tegishli o'yinchi. SHahrom Samiev Moldovaning "Milsami" klubidan sotib olingan, yaqinda o'tkazilgan Osiyo Kubogida Tojikiston terma jamoasi tarkibida o'ynagan forvard Ehtimol, ularning bazilari o'tgan yili Xebay kabi to'purarlik qilar.

Bektemir Abdumannonov, SHerzod Esanov va Marlen CHobanovni kuzatish ham qiziq. Makedoniyalik yangi futbolchi Demir Imeri hozircha "sirli tulpor" bo'lib qolmoqda, xuddi shu narsani suriyalik 18 yoshli darvozabon Maksim Sarraf haqida ham takidlash mumkin.


Yig'inlar va o'rtoqlik o'yinlari natijalari

"Andijon" jamoasining ilk yig'ini qo'shni Tojikistonda bo'lib o'tdi. SHundan so'ng jamoa Turkiyaga yo'l oldi. "Andijon" qishki yig'inning yakuniy bosqichini O'zbekistonda o'tkazdi.



Quyida o'rtoqlik o'yinlarining to'liq ro'yxati va ulardagi natijalar keltirilgan:

15 yanvar| "Xo'jand" (Tojikiston) – "Andijon" 1:8

Gollar: Erkinov (xet-trik), Ildar Mamatkazin, Berdiev, Bekmuratov, Abdug'aniev, Arveladze.

27 yanvar | "Andijon" – Koreya Respublikasi olimpiya termasi 0:0 

1 fevral |"Andijon" – CSKA (Rossiya) 0:2

4 fevral |"Andijon" – "Selimbar" (Ruminiya) 0:0

4 fevral |"Andijon" – "Saburtalo" (Gruziya) 1:2

Gol: Bekmuratov.

9 fevral |"Andijon" – "Belusha" (Slovakiya) 1:1

Gol: Arveladze.

12 fevral |"Andijon" – "Korvinul" (Ruminiya) 0:5

12 fevral |"Andijon" – "Kanvon" (Koreya Respublikasi) 1:1

Gol: Islom Mamatkazin.

21 fevral | "Andijon" – "Aral" 1:2 

Gol: Abdullajonov.

26 fevral | "Andijon" – "Dinamo" 0:0

"Andijon" qishki yig'inda jami 10 ta uchrashuv o'tkazdi. Jamoa faqat bir marta g'alaba qozondi, besh marta durang o'ynadi, yana to'rt marta raqiblarga imkoniyatni boy berdi.

Murabbiylar shtabi va klub boshqaruvidagi o'zgarishlar

Ushbu qishki tanaffusda "Andijon" rahbariyati va murabbiylar shtabida hech qanday o'zgarish bo'lmadi.


Boshqa malumotlar

"Andijon"ning 2024 yilgi mavsumdagi yangi texnik homiysi Daniyaning "Hummel" kompaniyasi bo'ladi. 27 fevral, seshanba oqshomida (ushbu maqola yozilgan kun) klub hali yangi mavsum uchun libos va ekipirovkalariga ega bo'lmadi – ular Evropaning qaysidir nuqtasida bojxonada qolib ketgan, shekilli.



"Andijon"ning taxminiy tarkibi

Katta ehtimol bilan "Andijon" taxminan quyidagi tarkibda maydonga tushadi:

Litovka, G'ulomov, Ildar Mamatkazin, CHobanov, Azimov, Toirov, Arveladze, Abdumannonov, Abdug'aniev, Esanov, Samiev (4-2-3-1).


Nikolay Egorichev

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика